O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Xalqdan savol 16
Xalqdan savol 16
Xalqdan savol 15
Xalqdan savol 15
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA yangiliklari
Poytaxtimizda Butunjahon radio kuni nishonlanadi

Joriy yil 7 fevralda «Bunyodkor» yoshlar telekompleksida 13 fevral - Butunjahon radio kuni munosabati bilan «Radio – bu sen!» tok-shousi suratga olinadi.  Tashkilotchilar: O'zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi.

YUNESKO vakillari, davlat hamda nodavlat radiostansiyalarining mashhur radioboshlovchilari, radiostansiyalar rahbarlari, bosh muharrirlari, O'zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti, O'DJTU, TATU (“Radio va televideniye kafedrasi”) talabalari ishtirok etadigan tadbirni o'tkazishdan maqsad radioning kundalik hayotimizda muhim o'rin egallaganligini e'tirof etishdir. Tok-shou doirasida O'zbekistonda radio rivojlanishi haqida so'zlovchi film namoyishi o'tkazilishi barobarida radio efir sifatini yaxshilash bo'yicha fikrlar almashinib, barcha ishtirokchilarga “erkin mikrofon”dan foydalanish imkoni beriladi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda 15 ta nodavlat radiostansiyalarni o'z atrofiga birlashtirgan O'zEOAVMA Radio axborot markazi 2012 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Axborot markazi ijodiy xodimlari tomonidan kundalik rus va o'zbek tillaridagi “O'zbekiston onlayn” ertalabki daydjest hamda  kechki “Kun yakunlari” ko'rinishidagi to'rtta axborot radio dasturi tayyorlanadi. Ahamiyatlisi, mazkur radio dasturlar barcha nodavlat radiostansiyalar – loyiha ishtirokchilari efirlari orqali bir vaqtning o'zida berib boriladi.  Ushbu loyiha nodavlat radiostansiyalari – O'zEOAVMA a'zolari efirlarini so'nggi yangiliklar, joylardan olingan reportajlar, ijtimoiy so'rovlar va boshqa sifatli medi mahsulot bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Ma'lumot uchun. Butunjahon radio kuni ilk bor 2012 yilda nishonlangan bo'lib, bu haqda 2011 yilda YUNESKO qaror qabul qilgan. Aynan shu sana ham bejiz tanlanmagan. 1946 yil 13 fevral kuni Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh ofisida joylashgan radiostansiya orqali “BMT radiosi” ilk bor efirga chiqdi. Tadbir tashkilotchilarining qayd etishicha,  mazkur sa'y-harakatlar radioga aloqasi bo'lgan barcha tashkilotlar o'rtasida  hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qaratilgan. YUNESKO barchani Butunjahon radio kunida faol ishtirok etishga chorlamoqda. Shu kunlarda YUNESKOGO a'zo mamlakatlarda bayram munosabati bilan turli radiostansiyalar ishtirokida qator tadbirlar o'tkazilmoqda. Shu kuni radio ixlosmandlari  bir-birlariga bayram qutlovlarini yuborishlari yaxshi an'anaga aylangan.

Eslatib o'tamiz, 18 aprelda Butunjahon radio ixlosmanlari kuni ham keng nishonlanadi.

  

Mavzuga oid yangiliklar
O'zEOAVMA – Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi: hamkorlikning yangi ufqlari
2017 yilning 8 fevral kuni “Bundkor” yoshlar telekompleksida Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Izabel Kelbel bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida O ...
08.02.2017 / 15:34
Mamlakatning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakat strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag'ishlangan media-haftalik
2017-yilning 23-27-yanvar kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Billur" zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O ...
21.01.2017 / 09:27
Media voqelik mehmonlari va ekspertlar fikrlari
Yetakchi mutaxassislar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlari” mavzusidagi media voqealik bo'yicha o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.           Akmal Saidov ...
22.12.2016 / 17:59
Media-haftalik doirasida Harakatlar strategiyasining uchinchi yo`nalishi muhokama etilmoqda
Poytaxtimizning International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media ...
25.01.2017 / 11:41
O'zEOAVMA-YUNESKO: 2017 yildagi hamkorlik istiqbollari
- O'zEOAVMA va YUNESKO uzoq muddatdan buyon mustahkam do'stlik aloqalariga asoslangan hamkorlikni davom ettirib kelmoqda. Hamkorlikning asosiy jihatlaridan 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e ...
18.01.2017 / 09:42
Press-club: jarayonlar davom etadi
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamokrlikda Media event ko ...
22.12.2016 / 12:18