O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Nodavlat OAVning ijodiy va texnik guruhlari uchun o'tkazilgan interaktiv-amaliy seminar yakunlandi

17 fevral kuni "Bunyodkor" yoshlar telekompleksida nodavlat telestansiyalar jurnalist va operatorlari uchun O'zEOAVMA va YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkillashtirilgan seminar-trening yakunlandi.

CNN, Bloomberg va Reuters kabi yirik axborot agentliklarida uzoq yillar ishlab tajriba orttirgan, hozirda "Houpla" kreativ studiyasining boshlig'i va prodyuseri sifatida faoliyat olib borayotgan amerikalik mutaxassislar Bruk MakDonald va Maykl Brassertlar 8 kun davomida nodavlat telestansiyalari ijodkorlari bilan tok-shou va axborot dasturlari tayyorlashda xorij tajribasi bilan almashdilar. Seminar davomida ijodiy va texnik guruhlar xodimlari tok-shoular va axborot dasturlari yaratishda yangicha formatdan foydalanish usullari va media mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash borasida juda ko'p kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Maykl Brassert seminarning yopilish marosimida so'zlagan nutqida hozirda mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi ostida sodir bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar jurnalistlar uchun juda qiziqarli dasturlar yaratish imkonini beradi, buning uchun ular kunning 24 soati davomida faqat izlanishda bo'lishi lozim, deydi.

Shuningdek, Bruk MakDonald xonim ham yurtimizga har safar tashrif buyurganida ijodiy va texnik guruhlarning kasbiy mahorati va salohiyati oshib borayotganining guvohi bo'layotganini ta'kidlab o'tdi.

Mavzuga oid yangiliklar
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
“O‘zbekiston online” dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga tayyorlanmoqda
2017 yilning 11-17 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan K.Adenauer jamg&lsquo ...
18.08.2017 / 12:42
“Navqiron jurnalistlar - 2017”: Nodavlat telestansiyalar bolalar telestudiyalari ijodkorlari uchun interaktiv seminar
2017 yilning 7-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar - 2017” yozgi media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda O ...
18.08.2017 / 09:49
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13
“Navqiron jurnalistlar-2017”: O‘zEOAVMA Axborot markazi faoliyati yanada takomillashtiriladi
2017 yilning 10-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan UNESCOning O&lsquo ...
18.08.2017 / 10:06
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab ...
04.08.2017 / 18:21