O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Elektron ommaviy axborot vositalari jurnalistlari uchun tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazadigan Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “NAVRO‘Z – BOQIY BAYRAM” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- Narvo‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleloyiha;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleko‘rsatuv;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi radioeshittirish;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy videorolik;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy audiorolik;

- Internet nashrlarda Navro‘z mavzusida e’lon qilingan eng yaxshi material.

Tanlovda nodavlat teleradiostansiyalarning hamda internet saytlarning jurnalistlari, ijodiy va texnik xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Ijodiy ishlar 2017 yilning 20 apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblariga mukofotlar 2017 yil 3 mayda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Jurnalistlar bahori” media – festivalida tantanali ravishda topshiriladi.

Materiallar “Navro‘z- boqiy bayram” tanloviga deb ko‘rsatilgan xolda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: Toshkent sh., M. Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydoni, Biznes kompleks “Poytaxt”, g‘arbiy tomoni, 4- yo‘lak 2- qavat.

Batafsil ma’lumotlar uchun telefonlar: 237-28-30; 230-59-90

http://naesmi.uz/


“TASDIQLANDI”

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari

milliy assotsiatsiasining 2017 yil 14 martdagi

umumiy yig‘ilishi qarori.



“Navro‘z – boqiy bayram” tanlovining

N I Z O M I


1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat teleradiostansiyalar hamda internet nashrlar jurnalistlari, ijodiy va texnik xodimlari o‘rtasida xalqimizning qadimiy bayrami – Navro‘zi olamga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Navro‘z – boqiy bayram” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish, taqdim etilgan ijodiy materiallarni saralash va baholash hamda tanlov g‘oliblarini aniqlash va taqdirlashning tartib – qoidalarini belgilaydi. 

2. Tanlovning maqsadi va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat teleradiostansiyalarining efirlarini ijtimoiy ahamiyatga molik va ko‘ngilochar media – mahsulotlar qatorida xalqimizning azaliy bayrami Navro‘z hamda unga doir an’ana va qadriyatlarimizga bag‘ishlangan media- kontent bilan boyitish, ularda ishlayotgan ijodiy va texnik xodimlarga kasbiy malakalari va mahoratlarni oshirishlarida ko‘maklashish hamda ularni qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish.

2.2. Tanlovning vazifalari:

- yurtimizning uzoq- yaqin barcha go‘shalarida olib borilayotgan bayram sayillariga tayyorgarlik ishlarini va o‘tkazilayotgan tadbirlarni muntazam yoritib borish;

- Navro‘z bayrami hamda u bilan bog‘liq urf- odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizning mohiyatini aks ettiruvchi teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, ijtimoiy roliklar hamda internet materiallarini tayyorlash va efirga joylashtirish;

- milliy mintalitetimizga xos bo‘lgan umumxalq hasharlarini, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini keng targ‘ib qilish;

- taniqli yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar, olimlar, sportchilar ishtirokida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tok-shoular tayyorlash va efirga uzatish; 

3. Tanlov tashkilotchilari.

3.1. O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Mening yurtim” telekanali va “Sevimli-TV” onlayn internet telekanali tanlovning tashkilotchilari hisoblanadi.



4. Tanlov ishtirokchilari.

4.1. Tanlovda O‘zEOAVMA a’zo nodavlat teleradiostansiyalar va internet nashrlarning jurnalistlari, ijodiy hamda texnik xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Har bir ishtirokchi tanlovga kamida beshta material taqdim etishi kerak.

4.2. Tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar tahrir qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.



5. Tanlov nominatsiyalari va uni o‘tkazish tartibi

5.1. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- Narvo‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleloyiha;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleko‘rsatuv;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi radioeshittirish;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy videorolik;

- Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy audiorolik;

- Internet nashrlarda Navro‘z mavzusida e’lon qilingan eng yaxshi material.

5.2. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar O‘zEOAVMA Ekspertlar kengashi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi vakili tomonidan ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.



6. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash

6.1. Tanlov g‘oliblari O‘zEOAVMA tomonidan 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Jurnalistlar bahori” media- festivali doirasida mukofotlanadilar.

6.2. Tanlov g‘oliblariga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Mavzuga oid yangiliklar
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
“O‘zbekiston online” dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga tayyorlanmoqda
2017 yilning 11-17 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan K.Adenauer jamg&lsquo ...
18.08.2017 / 12:42
“Navqiron jurnalistlar - 2017”: Nodavlat telestansiyalar bolalar telestudiyalari ijodkorlari uchun interaktiv seminar
2017 yilning 7-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar - 2017” yozgi media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda O ...
18.08.2017 / 09:49
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13
“Navqiron jurnalistlar-2017”: O‘zEOAVMA Axborot markazi faoliyati yanada takomillashtiriladi
2017 yilning 10-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan UNESCOning O&lsquo ...
18.08.2017 / 10:06
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab ...
04.08.2017 / 18:21