O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA yangiliklari
O‘zEOAVMAda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

28 aprel kuni «Bunyodkor» telekompleksida K.Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasining moliyaviy ko‘magida O‘zEOAVMA Nemis telekompaniyalarining Federal uyushmasi prezidenti, Leypsig shahri telekompaniyasining ish yurituvchisi R.Falkner boshchiligida amaliy o‘quv-seminar o‘tkazishni boshladi. Ushbu o‘quv-seminari 5 mayga qadar davom etadi.

Tadbirda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarining milliy assotsiatsiyasining Radio axborot markazi xodimlari, jurnalistlar, «MY5» va «Sevimli TV» kanallarning tok-shou boshlovchilari, shuningdek, nodavlat poytaxt va viloyat telekanallari mas’ul hodimlari ishtirok etmoqda – jami 24 kishi.

8 kun davomida o‘tkaziladigan seminarning maqsadi – joriy yilning 3 may kunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan media-iventni hamda 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekistonning madaniy me’rosi 
dunyo muzeylarida» mavzuidagi xalqaro anjumanni O‘zbekiston televizion ijodiy jamoalari tomonidan to‘g‘ri yoritilishini tashkil etish.

Seminar davomida rejalashtirilayotgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning dolzarb masalalari, jurnalistlar va teleoperatorlarning e’tibori qaratilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar, yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarning OAVda to‘g‘ri yoritilishi, shuningdek, telekameraga olishni tashkillashtirishga bog‘liq muammolar muhokama qilinadi.

O‘quv seminari yakunida rejalashtirilayotgan yuqoridagi ikkita tadbirni (media-ivent va halqaro anjumanni) o‘tkazish bo‘yicha batafsil Media-reja tuziladi. Ushbu rejani tayyorlashda faollik va jonbozlik ko‘rsatgan O‘zbekiston nodavlat telekanallarining ijodiy jamoalari aniqlanib, taqdirlanadilar.