O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasi taqdim etildi

Bugun “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot uchun yo‘l ” xalqaro anjumanining birinchi yarim kunida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” noyob loyihaning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi . 

Loyiha ko‘p mamlakatlarning keng jamoatchiligi va ilmiy doiralari orasida O‘zbekiston milliy madaniyati moddiy va badiiy madaniyatini keng targ‘ib qilinishini nazarda tutadi va yosh avlodning ta’lim darajasini kengaytirishga ko‘maklashadi . 

“Loyiha qamrab olishi bo‘yicha juda noyobdir va turli sabablarga ko‘ra O‘zbekiston madaniy merosining bir qismi jahondagi ko‘p mamlakatlarning muzey va xususiy to‘plamlarida qolib ketganlarini o‘rganish va tadqiqot qilishni nazarda tutadi. “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi jahon muzeylari va xususiy shaxslarning to‘plamlrida saqvlanib kelinayotgan madaniy-tarixiy mersimizning eng yaxshi namunalarini yagona kitob va videokatalogini yaratish bo‘yicha jahonda birinchi loyihadir, - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist loyiha muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov. 

Loyihani amalga oshirilishi nafaqat muhim madaniy ahamiyatga ega, balki katta siyosiy va jamoat ahamiyatiga ham egadir, chunki butun jahonga O‘zbekiston rahbariyatining tarixiy o‘tmishga va madaniy merosimizga bo‘lgan e’tibor va g‘amho‘rligini namoyish etadi. Loyihani ishchi guruhi tashkil etilgan unga turkum muallifi Firdavs Abduholiqov rahbarlik qiladi, ilmiy rahbar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladze. Loyihani amalga oshirilishida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganishga o‘z hayotlarni bag‘ishlagan jahondagi yirik olimlar – arxeologlar, san’atshunoslar, tarixchilar mutaxassislar va ekspertlar qatnashishmoqda. Ular ushbu loyiha noyobligini ta’kidlab o‘tib unga yuqori baho berib bo‘lishdi. 

Nashr ustida yetuk san’atshunoslar va sharqshunoslar ish olib borishmoqda. Ular orasida – Kamola Oqilova (san’atshunoslik doktori) , Azama Ziyo ( tarix fanlari doktori, professor) , Nizomiddin Mahmudov ( filologiya fanlari doktori, professor), Akmal Saidov ( yuridik fanlari doktori, professor) , Aleksandr Jumayev ( san’atshunoslik nomzodi ) , Elmira Gyul ( san’atshunoslik doktori). Shuningdek rossiyalik mutaxassislr ham katta yordam berishmoqda : Tigran Mkrtichev ( Davlat Sharq muzeyi ,san’atshunoslik doktori ), Yekaterina Yermakova ( Davlat Sharq muzeyi , tarix fanlari nomzodi), Tatyana Zelyukina va Olga Polyanskaya ( san’atshunoslik nomzodlari, Davlat Tretyakov galereyasi ), Tatyana Yemelyanenko va Yelena Kubel ( tarix fanlari doktorlari, Rossiya etnografiya muzeyi ilmiy xodimlari) va h.k. 

Hozim ular hammaligi Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot uchun yo‘l ”xalqaro anjuman qatnashchilari orasida. Ularning har biri loyihadagi o‘z ish bo‘lagi natijalarini taqdim etishmoqda va bu degani – turkumga kirgan jild degani. 

Birinchi jildi Davlat Sharq muzeyi to‘plamlaridagi O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlangan. U haqda batafsil ushbu muassasa direktori tarix fanlari doktori Aleksandr Serov va Davlat Sharq muzeyi bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Yermakovalar gapirib berishdi. “O‘zbekiston madaniy merosi ” turkumidagi birinchi albom Davlat Sharq muzeyi (Moskva sh.) saqlanib kelinayotgan O‘zbekistondan kelgan kolleksiyaga bag‘ishlangan. Birinchi kashf etuvchi sifatida ushbu muzeyni tanlanishi tasodif emas.Ushbu muzey tashkil qilingandan boshlab (1918 y.) O‘zbekiston bilan uzviy bog‘lanib kelgan: ilmiy manfaatlari ham , mutaxassislarining shaxsiy taqdirlari xam : O‘zbekistonda tug‘ilib, voyaga yetib, o‘qishni tugatib va hozirgi kungacha Davlat Sharq muzeyida ishlab kelishmoqda. 

Ikkinchi jildiga O‘zbekiston madaniy merosi haqidagi Rossiya etnografiya muzeyidagi materiallar kirgan . Ushbu kitobning mazmuni bilan muzey direktoriining muovini Natalya Nikolayevna Prokopeva va Rossiya etnografiya muzeyi ning O‘rta Osiyo xalqlarining an’anaviy madaniyati bo‘yicha yetakchi ilmiy xodimi , tarix fanlari doktori Tatyana Grigorevna Yemelyanenko tanishtirishdi. Taqdim etilayotgan kitob-albom Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografiya muzeyining boy va turli hildagi kolleksiya to‘plamlariga bag‘ishlngan. Uning mualliflari muzey hususiyatlariga muvofiq o‘zbek kolleksiyasi bilan bir qatorda qoraqalpoq, O‘rta Osiyo arablari , buxoro jugutlari kolleksiyalarini ajratishadi. Taqdim etilgan predmetlar orasida O‘zbekiston amaliy san’atining asl durdonalari ham bor. O‘tgan asrning boshlarida S.M.Dudinning ekspeditsiyasi va muzey mutaxassislarining O‘zbekistonga qilgan keyingi ekspeditsiyalari jarayonida yig‘ilgan materiallar kolleksiya asosini tashkil qilishadi. Ushbu kolleksiya taqdim qilinayotgan hajmda ilk bor nashr etilmoqda. 

Keyingi jild Davlat Tretyakov galereyasiga bag‘ishlangan. Yig‘ilganlarga ilmiy ishlar buyicha bosh direktor o‘rinbosari , san’atshunoslik doktorlari Tatyana Karpova va Olga Polyanskaya g ma’lum qilishlaricha ushbu kitob-albom Davlat Tretyakov galereyasidagi O‘ zbekiston zamonaviy rang-tasvir asarlariga bag‘ishlangan. Uning tarkibida e’tiborga sazovor portret, natyurmort, peyzaj asarlari bor. Ushbu kolleksiya to‘liq hajmda ilk bor nashr etilmoqda va nafaqat tadqiqotchilar qiziqishiga balki keng doiralardagi o‘quvchilar orasida ham qiziqish uyg‘otishi mumkin. 
4 – tomini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi san’atshunoslik institutining san’atshunoslik doktori Elmira Gyul taqdim etdi. U O‘zbekistonning xorijiy to‘plamlaridagi gilamlari va kashtachilik buyumlariga bag‘ishlangan. Kitob-albom Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada , AQSh va Rossiya xorijiy muzeylari va xususiy koleksiyalarda saqlanib kelinayotgan san’at asarlari haqida ilk bor aniq va yetarlicha tasavvur qilish imkonini beradi. Kitobda O‘zbekiston hududida 19 va 20 asr boshlarida amalda bo‘lgan gilam va kashtachilik turlariga ta’rif beradi . 

Musiqiy meros va V tom to‘g‘risida san’atshunoslik fanlari nomzodi, “Maqom” tadqiqot guruhi raisi Aleksadr Jumayev gapirib berdi. O‘zbekiston musiqiy merosiga bag‘ishlangan ushbu kitob-albom asosida harbiy dirijer va musiqa etnografi A.F. Eyxgornning to‘plamlaridagi musiqiy asboblar kolleksiyasini bayoni tashkil qilinadi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston xududidagi bronza davridan boshlab ( eramizdan 111 – 11 ming y. oldin) xozirgi zamongacha musiqiy asboblar tarixi xarakteristikasi keltirilgan. Kitob O‘zbekiston musiqiy merosi ob’ektlari bo‘lgan bir qator xorijiy to‘plamlar qisqacha sharhi bilan to‘ldirilgan. Kitobga noyob o‘zbek milliy mumtoz musiqasi yozilgan disk ilova qilinadi. 

V1 jild Rossiya milliy kutubxonasi to‘plamlariga bag‘ishlangan. Uni kutubxona sharq fondlari sektori mudirasi Valentina Vasileva taqdim etdi. Kutubxona kolleksiyasi to‘g‘risida taqdimot rolik. Ushbu kitob buyuk o‘zbek shoiri Alishen Navoiy ijodiyotini ifodalovchi Rossiya milliy kutubxonasi qo‘lyozmalar fondiga bag‘ishlangan. Ushbu qo‘lyozmalar 15-16 asrlarga taaluqlidir va noyob to‘plamlar sirasiga kiradi. Ularni chop etilishi Alisher Navoiyni ijodini o‘rganishga katta xissa qo‘shadi. 

Keyin so‘zga filologiya fanlari nomzodi Davlat Ermitaji Sharq bo‘limining O‘rta Osiyo, Kavkaz va Qrim sektorining mudiri Pavel Lure va tarix fanlari nomzodi, Davlat Ermitaji Sharq bo‘limining O‘rta Osiyo, Kavkaz va Qrim sektorining katta ilmiy xodimi Andrey Omelchenkolar chiqishdi. Ular V11 jild to‘g‘risida gapirib berishdi. Unda O‘zbekiston xududida topilgan noyob predmetlar to‘plamlariga bag‘ishlangan Albomda noyob topilmalar keltirilgan, masalan mashhur Ayrtam frizi – musiqachilar yarimqomadlari tushirilgan, ibodatxonani bezab kelgan, bugungi kunda Davlat Ermitajida saqlanib kelmoqda. Shuningdek bu yerda Tuproq Qal’a, Panjiken va Varakshada topilgan o‘rta asrlar noyob mahobatli amaliy san’at asarlari. 

Navbatdagi jild Sharq qo‘lyozmalari instituti to‘plamiga bag‘ishlangan. Rossiya Fanlar akademiyasi , Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori, tarix fanlari doktori Irina Popova aytishicha, albomdan Al-Beruniyning “O‘tgan avlodlar yodgorliklari ” qadimgi mashxur ro‘yxatladan biri , Ogaxiy, Bisati Samarqandiy, Bedil, Xofiz Sheroziy, Sayido Nasafiy kabi shoirlarning she’rlar to‘plamlari , Shavkat - Muhammad Isxoq Buxoriy. Shams Tabriziy, masnavi Jaloliddin Rumi devonlarining 8 ro‘yxati , Ismat Buxoriy, G‘azi Xukandiy va boshqa mualliflarining she’rlar to‘plamlari taqdim etilgan. 

1X tomda Davlat tarix muzeyi to‘plamlari taqdim etilgan . Uning mazmuni bilan Davlat tarix muzeyi arxeologiya yodgorliklari bo‘limi mudiri , tarix fanlari doktori Natalya Shishlina va Davlat tarix muzeyi matolar bo‘limi boshlig‘i Olga Gordeyevalar tanishtirishdi. Ushbu albomda o‘quvchilar Davlat tarix muzeyida saqlanib kelinayotgan sopol va chekanka buyumlari orqali qadimgi Xorazm dunyosi uning noyob san’ati bilan tanishishga muyassar bo‘lishishadi. 

10 tom O‘zbekistonda asrlar davomida saqlanib kelinayotgan gilamdo‘zlik san’atiga bag‘ishlangan. Ushbu jildni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti san’atshunoslik doktori Elmira Gyul tanishtirdi.

Mavzuga oid yangiliklar
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori&rdquo ...
30.11.2017 / 10:47
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
29.11.2017 / 16:31
"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:26
“Musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:32
“Media forum o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etdi”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:27
O`zbekiston madaniy merosini keng yoyish yo`lida
ALEKSANDR NAYMARK, AQShning Hofstra universiteti professori: Mazkur yirik media-loyiha O`zbekiston madaniy merosini dunyoga keng yoyish, xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiyki ...
29.11.2017 / 16:25