O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Akmal Saidov: O‘zEOAVMA muvaffaqiyatli loyihalar tashabbuskori

2017 yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Juranlistlari ijodiy uyushmasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan 2016 yil va 2017 yilning birinchi choragida davlat subsidiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
O‘zEOAVMA nomidan hisobotni Boshqaruv raisi, Parlament komissiyasi a'zosi F.Abduxoliqov o‘qib eshittirdi. Hisobotga ko‘ra, 
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi 2016 yilda o‘z faoliyatini Nodavlat teleradiouzatuvchilarning 2016 yilga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi doirasida tashkil etdi.
Unga ko‘ra, hisobot davrida Assotsiatsiya ma’muriyati tomonidan jami 21 ta loyiha faoliyati muvofiqlashtirildi: 8 ta ijtimoiy media-loyiha, 4 ta ma’muriy loyiha, 3 ta xalqaro o‘quv loyihasi, 3 ta texnik modernizatsiya qilish loyihasi, 2 ta teleradiostansiyalarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
- O‘zEOAVMAga a’zo hududiy teleradiostansiyalarga huquqiy-maslahat ko‘magini ko‘rsatish, OAV faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etish va bu jarayonda nodavlat teleradiouzatuvchilar manfaatlarini himoya qilish; 
- Nodavlat teleradiostansiyalar efir dasturlarini ijtimoiy, informatsion, madaniy-ma’rifiy, musiqiy, kinovideo va boshqa mavzudagi media-kontent bilan boyitish;
- O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiouzatuvchilar ijodiy va texnik xodimlarining professional mahoratini oshirish;
- Nodavlat teleradiouzatuvchilarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash;
- Nodavlat teleradiostansiyalar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, festivallar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.
Assotsiatsiya o‘tgan yilda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hamda Parlament komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi mahalliy va YuNESKO, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Konrad Adenauer jamg‘armalarining O‘zbekistondagi vaklatxonalari kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qildi. 
2016 yilda Nodavlat teleradiouzatuvchilarning 2016 yilga mo‘ljallangan Rivojlanish dasturidan o‘rin olgan loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun O‘zEOAVMA Parlament komissiyasi tomonidan ajratilgan subsidiya mablag‘i bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. 
Parlament komissiyasi raisi A.Saidov O‘zEOAVMAning faoliyatiga quyidagicha baho berdi:
- Barcha davlat subsidiyasini oluvchi tashkilotlar Assotsiatsiyadan o‘rnak olishi kerak, deb o‘ylayman. Ayniqsa, ular tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarni alohida ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi. Mana hozir o‘qib eshittirilgan hisobot, namoyish etilgan taqdimot hamda tarqatilgan hisobot materiallaridan ko‘rishimiz mumkinki, 2016 yil va 2017 yilning birinchi choragi Assotsiatsiya uchun samarali bo‘lgan. Shu o‘rinda e’tiboringizni ikki jihatga alohida qaratmoqchiman:
Birinchidan, O‘zEOAVMA tashabbusi bilan 2016 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan tashkil etilgan “Press klub: Saylov-2016” matbuot klubi faoliyati nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro doirada ham ijobiy baholandi. 
Ikkinchidan, Assotsiatsiya tomonidan milliy jurnalistikani yosh kadrlar bilan ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki alohida loyiha doirasida har yili loyihaga jurnalistikaga qiziquvchan yoshlar jalb etilib, ularga sohaga oid bilim va ko‘nikmalar berib boriladi. Mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seimnar-trening, master-klasslar o‘tkaziladi. 
Yana bir jihatga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimanki, O‘zEOAVMA har doim subsidiya doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham tahliliy hamda moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida topshiradi. Mana bugun taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari to‘plami ham Assotsiatsiyaning o‘ziga xos tashabbuslaridan biri. Garchi bu nodavlat teleradiostansiyalar uchun xizmatda foydalanish uchun chop etilgan bo‘lsa-da, bu kabi to‘plamning har birimizning ish stolimiz ustida turishi kerak deb hisoblayman. 
Bir so‘z bilan aytishim mumkin, O‘zEOAVMA doim muvaffaqiyatli loyihalar tashabbuskori hisoblanadi. 

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida OAVning o‘rni
2017 yilning 14 dekabr kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida “O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy muloqotni ta ...
13.12.2017 / 14:36
Mа’nаviyat eng tа’sirchаn qurоlimiz
1 dеkаbr kuni O’zbеkistоn elеktrоn оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri milliy аssоtsiаtsiyasi bоsh оfisidа Rеspublikа Mа’nаviyat vа mа’rifаt mаrkаzi hаmdа O’zEОАVMА o’rtаsidа hаmkоrlik mеmоrаndumini imzоlаsh mаrоsimi bo&rsquo ...
01.12.2017 / 11:51
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
Xitoy safari taassurotlari: OAV mamlakatlararo do‘stlik ko‘prigi
Shu yil 20-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Jurnalistlari delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldim.Bu mening Xitoyga ikkinchi safarim edi - birinchi marta bundan 26 yil avval, 1991 yilning avgust oyida, O&lsquo ...
12.12.2017 / 12:00
“Kultura” telekanalida “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Kultura” telekanali orqali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda ERIELL GROUP ko ...
30.10.2017 / 08:30
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13