O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi tubdan modernizatsiya qilinadi

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) tubdan modernizatsiya qilinishi kutilmoqda. "O'zbekneftgaz" boshqaruv raisi Alisher Sultonov Xalqaro Press-klubda bo'lgan uchrashuvda shunday ma`lumot bilan bo'lishdi. 

Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" muxbiriga ko'ra, Sultonov bugungi kunda Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi tadiri ustida bosh qotirilayotgani, uning faoliyatiga chek qo'yilmasligi, shunchaki qayta tashkil etilishini ma`lum qildi. 

"O'zbekneftgaz" rahbarining so'zlariga ko'ra, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi Markaziy Osiyodagi yagona shunday ob`yekt hisoblanib, katta salohiyatga egadir.

"Aslida zavod sovet davrida qurilgan. Hozir neft-kimyo, maishiy kimyo, zamonaviy moylarni oladigan bo'lsak, bu zavodning salohiyati juda katta. Mutaxassislarning salohiyati ham yuqori. O'ylashimcha, uning kelajagi bor va biz bundan keyin uning faoliyatini tiklaymiz", - dedi Alisher Sultonov.

Farg'ona NQIZ yonilg'i-moy materiallarini ishlab chiqarish bo'yicha mintaqadagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. U o'z faoliyati davomida 60 turdan ortiq neft mahsulotlarini ishlab chiqargan. Bugungi kunga kelib korxona modernizatsiyaga muhtoj. "O'zbekneftgaz" bu borada yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar
Xorazmning iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik salohiyati va ijtimoiy hayoti yangi bosqichga ko'tariladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida 14 oktabr kuni Xorazm viloyatiga bordi. Xorazm qishloq xo'jaligi ...
16.10.2017 / 09:43
Namuna ko‘rsatgan yosh oilalarga ipoteka qanday shartlar bilan beriladi?
Vazirlar Mahkamasining 23.09.2017-yildagi 753-son “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g&lsquo ...
06.10.2017 / 11:17
2018–2021 yillarda quriladigan «Yoshlar» uylari rejasi tasdiqlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan ...
05.10.2017 / 09:44
O'zbekiston va Jahon Banki kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi vakillari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha Jahon Banki vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi. ...
16.10.2017 / 09:43
O‘zbekistonda Ko‘priklarning ishi uchun mas’ul bo‘lganlar belgilandi
Prezident “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi,  ...
06.10.2017 / 11:16
Jahon banki guruhi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi
Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yong Kim O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi. Maktub matni O'zA saytida keltirilgan. Nyu-Yorkda bo'lib o ...
05.10.2017 / 09:43