O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Lester universiteti bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi

O'zbekiston TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti (JIDU) Buyuk Britaniyaning Lester universiteti bilan Hamkorlik memorandumini imzoladi. 

Kelishuv oliy ta`lim sohasida akademik xizmatlarni taqdim etish, xalqaro munosabatlar bo'yicha kadrlarni xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish, shuningdek xalqaro munosabatlar, diplomatiya, xalqaro iqtisodiyot, xalqaro biznes, xalqaro moliya va xalqaro tijorat huquqi yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-tahliliy faoliyatni yo'lga qo'yish maqsadida JIDUda Lester xalqaro tadqiqotlar maktabi yaratilishini ko'zda tutadi. 

Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga 1992 yilda O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan. Oliy ta`lim dargohi diplomatik xizmat va xalqaro munosabatlar bo'yicha kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqiy faoliyat yuritish bilan shug'ullanadi. 

Lester universitetiga esa 1921 yilda asos solingan bo'lib, u Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta`lim dargohlaridan biri hisoblanadi. 2016-2017 yilgi reytingda Lester universiteti «Times Higher Education» versiyasi hamda QS World University Ranking versiyasi bo'yicha dunyoning eng yaxshi oliy ta`lim muassasalari qatoriga kiradi. Universitetda 28 mingdan ziyod talaba tahsil oladi, ularning 50 foizi xalqaro talabalar hisoblanadi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Samarqand shahrida yangi institut tashkil etildi. Qabul shu yilda amalga oshiriladi
Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to'g'risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda. ...
10.05.2018 / 12:21
Xalqaro olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi
Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. ...
30.04.2018 / 13:55
Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” MTM qayta rekonstruksiya qilindi
“Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlari tomonidan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” maktabgacha ta ...
07.04.2018 / 17:49
5–9-sinf o`quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishga o`zgartirishlar kiritildi
“5–9 sinf o`quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Endilikda, joriy nazorat – so`rovlar ...
10.05.2018 / 11:51
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi
O`zbekiston Prezidentining “Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar beradi. Hujjatga muvofiq, 2018 ...
17.04.2018 / 12:32
Prezident qarori bilan bog`cha tarbiyachilarining oyligi oshiriladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 28 fevral kuni «Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni  ...
01.03.2018 / 18:56