O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bilan Hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2909 sonli Qarorini ijro etish hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (Universitet) bilan Hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi.

Mazkur bitim xalqaro toifadagi mutaxassislarni yetishtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek yangi bakalavr va magistrlik dasturlarini tatbiq etish, birgalikda o'quv-ilmiy tadbirlarni o'tkazish, talabalar, aspirantlar va doktorantlar almashinuvi, ilmiy-pedagogik kadrlarni amaliyoti va malaka oshirishini tashkil etish, O'zbekiston-Rossiya siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasida, shuningdek boshqa dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy mavzular bo'yicha hodisa va jarayonlarning hozirgi vaqtdagi yuqori dinamikasini hisobga olgan holda ekspert-tahliliy laboratoriya va markazlarning o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yish sohasida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga O'zbekiston Respublikasining  Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1992 yilda asos solingan bo'lib, universitet diplomatik xizmat va xalqaro mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish, shuningdek tashqi siyosat, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro huquq sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi.

Mavzuga oid yangiliklar
Samarqand shahrida yangi institut tashkil etildi. Qabul shu yilda amalga oshiriladi
Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to'g'risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda. ...
10.05.2018 / 12:21
Xalqaro olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi
Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. ...
30.04.2018 / 13:55
Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” MTM qayta rekonstruksiya qilindi
“Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlari tomonidan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” maktabgacha ta ...
07.04.2018 / 17:49
5–9-sinf o`quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishga o`zgartirishlar kiritildi
“5–9 sinf o`quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Endilikda, joriy nazorat – so`rovlar ...
10.05.2018 / 11:51
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi
O`zbekiston Prezidentining “Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar beradi. Hujjatga muvofiq, 2018 ...
17.04.2018 / 12:32
Prezident qarori bilan bog`cha tarbiyachilarining oyligi oshiriladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 28 fevral kuni «Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni  ...
01.03.2018 / 18:56