O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Samarqand shahrida tramvay yo'nalishlari tarmog'i kengaytiriladi

16 iyun kungi matbuot anjumanida jurnalistlar oldida chiqish qilar ekan, Samarqand shahar hokimi V.Rahimov shaharda tramvay qatnovi yanada kengaytirilishini ta`kidlab o'tdi.

«Ayni paytda Sartepa massivi va Temir yo'l vokzali yo'nalishida tramvay qatnamoqda. Tramvay yo'li yotqizilgunga qadar bu odamlarga yoqmadi, «tramvay shaharda boshqa transport qatnoviga xalaqit beradi», deya uning qurilishini bekor qilishni so'rab prezidentning virtual qabulxonasiga yozganlar ham bo'ldi», — dedi anjumanda shahar hokimi V.Rahimov.

«Lekin vaqt o'tib ravshanlashdiki, tramvay odamlar uchun ham, mahalliy byudjyet uchun ham, atrof muhit uchun ham o'ta foydali, xavfsiz va qulay transport bo'lib chiqdi», — dedi u.

«Tramvayni xavfsiz transport dedim, fursatdan foydalanib, yaqinda u bilan bog'liq shaharimizda ro'y bergan noxush voqea haqida izoh berib o'tsam. Ayni paytda tramvay haydovchilarining barchasi Toshkentdan kelishgan. Ularning yoniga ikki-uch nafar mahalliy stajyorlar qo'yganmiz. O'sha kuni ehtiyotsizlik oqibatida burilishda tramvay o'z izidan chiqib ketib, o'rtadagi ustunga urilgan va uni qulatgan. Hech kimning joniga hech qanday zarar yetkazilgani yo'q», dedi Samarqand shahri hokimi V.Rahimov.

«Vokzaldan Sartepagacha tramvay muvaffaqiyatli qatnab turgan bo'lsa, ayni paytda Rudakiy ko'chasi bo'ylab Siyob bozori tomon tramvay yo'li yotqizish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida tramvay yo'nalishini Gagarin ko'chasi va Amir Temur ko'chasi bo'ylab, Narpay yo'li ko'chasi orqali Kimyogarlar qo'rg'onigacha yetkazish mo'ljallangan», dedi V.Rahimov.

«Ayni paytda Samarqand temir yo'l muhandislari kasb-hunar kolleji bazasida tramvay haydovchilari tayyorlash bo'limi ochilgan. Yaqin kunlarda shahrimizda qatnayotgan tramvaylar soni esa 35 taga yetkaziladi», dedi shahar hokimi.

Mavzuga oid yangiliklar
2018 yil 24-25 may kunlari respublika hududlari bo‘ylab kitob bayrami o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora ...
18.05.2018 / 16:22
O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi
2018 yil 17 may kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari direktorlari va xodimlari, kitob savdosi bilan shug&lsquo ...
17.05.2018 / 13:21
“Toshkent – Xo`jand - Toshkent” yo`nalishidagi ilk taqdimot reysi yo`lga chiqdi
Bugundan boshlab O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Mazkur qatnovlar 1992 yilda to`xtatilgan edi. “Toshkent – Xo`jand - Toshkent” yo ...
15.05.2018 / 14:15
Prezident Malakovga “O`zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonini topshirdi
O`zbekiston delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Villard interkontinental” mehmonxonasida uchrashuvbo`lib o`tdi. Tadbirda yana bir e`tiborli voqea bo`ldi: ko`p yillik samarali ijodi, o ...
17.05.2018 / 13:39
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga jo`nab ketdi
Joriy yilning 15-18 may kunlari Xitoyda ilk marta ShHT bilan hamkorlikda «Ayollar kuchining birlashishi, umumiy taraqqiyot sari harakat» mavzusida ayollar xalqaro forumi o`tkaziladi. Mamlakatimiz delegasiyasiga O ...
15.05.2018 / 14:16
“Yosh kitobxon” tanlovi davomli ravishda o`tkaziladi
Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o`rganish va targ`ib qilish maqsadida yoshlar o`rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining ...
15.05.2018 / 12:45