O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston online 27 07 2017 14 00
O'zbekiston online 27 07 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
2017 yilning eng faol hamshirasi aniqlandi

“Hamshira — 2017” ko`rik-tanlovining yakuniy final bosqichi Toshkent shahrida o`tkazildi. Bu galgi tanlov tashkiliy va mazmun jihatdan har yilgidanda o`zgacha tartibda o`tdi, deya xabar berdi SSV axborot xizmati.

Tanlovning Respublika bosqichida ishtirokchilar uch turdagi shart bo`yicha o`z mahoratlarini namoyish etishdi. Har bir shart 10 ballik mezon asosida hakamlar hay`ati tomonidan baholab borildi.

Birinchi shartda ishtirokchilar tibbiyot sohasidagi amaliy bilimlarini sinovdan o`tkazishdi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida o`tkazilgan ushbu shartda hamshiralarning bemor bilan muloqot madaniyati, uning ahvolini to`g`ri baholab, muolajalarni tibbiy asbob-uskunalardan unumli foydalangan holda sifatli bajarishi baholandi.

Ikkinchi shartda hakamlar hay`ati ishtirokchilarning tibbiyot sohasidagi nazariy bilimlarini sinovdan o`tkazishdi. Bunda hamshiralarning shoshilinch tez tibbiy yordam, birlamchi patronaj tizimi, reproduktiv salomatlik va akusherlik yordami, terapiya, xirurgiya, pediatriya, geriatriya kabi 7 ta yo`nalish bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmi baholandi.

Uchinchi shartda esa hakamlar ishtirokchilarning mamlakatimizda o`tkazilayotgan tub islohotlar, xususan, sog`liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli chora-tadbirlar mohiyati va unda hamshiralarning o`rni va vazifasi, tibbiy tahlil natijalariga ko`ra kasallik belgilarini aniqlashi va hamshiralik yordamini tashkil etish, epidemiologik holat yuz berganda ko`riladigan chora-tadbirlar bo`yicha nazariy bilimlari sinovdan o`tkazishdi.

"Hamshira — 2017" ko`rik-tanlovining yakuniga ko`ra Toshkent Shahar shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasi hamshirasi Shahnoza Pozilova birinchi o`rinni, Pop tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limi hamshirasi Feruza Bo`taeva ikkinchi, Buxoro viloyat ko`ptarmoqli tibbiyot markazi reanimasiya bo`limi hamshirasi Muharram Salimova uchinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

G`oliblar diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid yangiliklar
Germaniya bo‘ylab o‘quv-tanishuv safari
Yaqinda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘qituvchi va talabalaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo‘ldi. Mazkur o‘quv-tanishuv safari Germaniya akademik almashuvlar xizmatining (DAAD ...
01.07.2017 / 11:21
2016-yilda O‘zbekistonda 120 ming kishi qon donori bo‘ldi
Respublika qon quyish markazida 14-iyun — Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Respublika qon quyish markazi direktori R. Yo‘ldoshev ...
15.06.2017 / 08:57
Xususiy klinikalar zimmasiga 9 toifadagi fuqarolarni bepul davolash yuklatiladi
Qonun hujjatlari ta`sirini baholash tizimi portalida Sog'liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining «Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo'shaydigan mablag ...
10.06.2017 / 09:16
2017–2021-yillarda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
20-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017–2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi ...
21.06.2017 / 16:38
Sog'liqni saqlash vaziri BMT Bosh kotibining maxsus elchisi bilan uchrashdi
O'zbekiston sog'liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi OIV/OITS masalalari bo'yicha maxsus elchisi Mishel Kazachkin bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz’ga Sog ...
14.06.2017 / 09:09
Andijonda poliklinikalarga maxsus jihozlangan 25 ta avtomobil topshirildi
Andijonda oilaviy hamda ko‘p tarmoqli poliklinikalarga maxsus jihozlangan 25 ta Damas avtomashinasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Andijon shahridagi 8 ta oilaviy poliklinika, tuman va shaharlardagi 17 ta ko&lsquo ...
09.06.2017 / 09:34