O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Krista Pikkat: Bu loyiha bitiklarni o‘rganish, o‘qish, tarjima qilish va jamlash bo‘yicha ilk va muhim qadam

23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Uzoq o‘tmishdan maktublar: ta’lim, ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik o‘zbek xalqining abadiy qadriyatlari sifatida” mavzuidagi xalqaro media-anjumani O‘zEOAVMA va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchilari sifatida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ham ishtirok etdi, biroq vakolatxona rahbari Krista Pikkat xonim xizmat safarida bo‘lganligi sababli media-anjumanda ishtirok eta olmadi. Shunday bo‘lsa-da, Pikaat xonim anjuman qatnashchilariga o‘z so‘zlarini video-murojaat orqali yetkazdi.
Quyida uning murojaati matni keltirilmoqda: 
 - Hurmatli xalqaro media-anjuman qatnashchilari. Men YuNESKOning Toshkentdagi ofisi nomidan sizlarni qutlashdan mamnunman va shunday yodda qolarli kunda sizlar bilan birga emasligimdan afsusdaman. YuNESKO vakolatxonasi O‘zbekistonning boy madaniy meprosi hisoblangan me’moriy yodgorliklardagi bitiklarni o‘rganishga qaratilgan loyiha ishtirokchilaridan biri ekanligidan xursand va bu bilan faxrlanamiz. Bu O‘zbekistonning bugungi kungacha o‘rganilmagan madaniyatlaridan biridir. Aynan shuning uchun ham O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus maqtashga arzigulik ekanligini ta’kidlamoqchiman. Yana bir muhim jihati shundaki, bu loyiha Harakatlar strategiyasining O‘zbekiston madaniy merosini tadqiq etish va tizimli ravishda umumlashtirish, shuningdek, bu borada jamoatchilikning xabardorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlaridan biriga mos keladi. Bugungi kunga kelib, “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi doirasida 13 ta noyob kitob-albom nashrga tayyorlandi va chop etildi. Men jahon miqyosidagi ko‘plab kutubxonalar fondining mana shu to‘plam bilan boyitilishidan xursandman. Shu sabab, xalqar jamoatchilik O‘zbekiston asrab-avaylab kelinayotgan ajoyib meros bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu me’moriy yodgorliklardagi bitiklarni o‘rganish, o‘qish, tarjima qilish va jamlash bo‘yicha ilk va muhim qadam hisoblanadi.

Mavzuga oid yangiliklar
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori&rdquo ...
30.11.2017 / 10:47
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
29.11.2017 / 16:31
"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:26
“Musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:32
“Media forum o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etdi”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:27
O`zbekiston madaniy merosini keng yoyish yo`lida
ALEKSANDR NAYMARK, AQShning Hofstra universiteti professori: Mazkur yirik media-loyiha O`zbekiston madaniy merosini dunyoga keng yoyish, xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiyki ...
29.11.2017 / 16:25