O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Turkiston-press: “Uzoq o‘tmishdan maktublar...”

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’limni taraqqiy ettirish, o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosini chuqur o‘rganish va asrab-avaylash, shuningdek, kitob nashr etishni rag‘batlantirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimiz rahbari joriy yilning iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining davlat rahbarlari sammitida hamda Toshkentda o‘tkazilgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda ham ushbu dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tgan edi.
Shuningdek, anjumanda jahon ilm-fani va tamadduni beshigi hisoblangan vatanimizning boy tarixi, madaniyati, buyuk allomalarimiz hayoti va bebaho ma’naviy merosi to‘la o‘rganilmaganligi qayd etildi.
Bugun O‘zEOAVMAning “Media hall”ida “Uzoq o‘tmishdan maktublar: ta’lim, ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik o‘zbek xalqining abadiy qadriyatlari sifatida” mavzusidagi xalqaro media-anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zRFA huzuridagi Sharqshunoslik instituti, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Uzbekistan Today” axborot agentligi, “Mening yurtim” va “Karavan-TV” telekanallari tomonidan ko‘hna O‘zbekiston zaminining boy tarixiy, ilmiy va ma’naviy merosini har tomonlama tadqiq qilish, uni jahon miqyosida keng targ‘ib etish, islom dini va undagi insonparvarlik g‘oyalarini chuqur tadqiq etish va ochib berish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining 3250 dona kitob-albomini o‘z ichiga olgan 250 ta to‘plamni ilmiy-ta’lim muassasalari, milliy va jahon kutubxonalari hamda muzeylar vakillari, diplomatik missiyalar rahbarlariga hadya sifatida taqdim etishga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy aksiya bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-ma’rifiy aksiya doirasida loyihaning faol ishtirokchisi – “Darakchi inform service” MChJ tomonidan to‘plamlarni hadya sifatida olish huquqini beruvchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o`rtasida muloqotga yo`l”. Xalqaro anjumandan to`liq tafsilot...
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari o`tkazilgan Ikkinchi xalqaro Kongress ana shunday nomlandi. Mazkur nufuzli anjuman mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini o`rganish vadunyo miqyosida keng targ`ib etish maqsadida O ...
11.06.2018 / 15:19
RFA Sharq qo`lyozmalari institutida O`zbekistonning boy madaniy merosi namoyish etildi
Rossiyaning Sankt-Peterbrug shahrida, asov Neva daryosi sohilida Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti joylashgan. Bu dargohda O`zbekistondan keltirilgan yoxud o`zbek xalqining boy madaniy merosiga taalluqli o`nlab bebaho qo ...
08.06.2018 / 14:59
Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan anjuman samarali o`tmoqda
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda ...
08.06.2018 / 14:57
Dunyo sharqshunoslari O‘zbekiston Prezidentiga ochiq murojaat yo‘lladi
2018 yining 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l&rdquo ...
09.06.2018 / 11:19
O`zbekiston madaniy merosi – Davlat Ermitajida
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi davom etmoqda. Bugun kongress doirasida “O ...
08.06.2018 / 14:57
Selim Kondu: “Buyuk o‘zbek shoiri Erkin Vohidov “Tarixingdir ming asrlar. Ichra pinhon, o‘zbegim”, deganida naqadar haq edi”
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan anjuman ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi &ndash ...
08.06.2018 / 14:55