O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Nodavlat teleradiostansiyalar o’z faloyatlarini tanqidiy ruhda ko’rib chiqishdi

2017 yil 5 iyul kuni “O’zEOAVMA Media hall”da (“Zarafshon” konsert zali) O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda unga a’zo nodavlat teleradiostansiyalarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari, Axborot markazi, Radio axborot markazi, ijtimoiy yo‘naltirilgan va Yoshlar telestudiyalari loyihalari koordinatorlari, ijodiy va texnik xodimlari, Assotsiatsiya ijroiya direksiyasi, jami 100dan ortiq kishi ishtirok etdi. 

Bahs va munozaralarga boy o‘tgan anjmunda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga, xususan yoshlarga to‘liq ma’lumot berish, ularda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash jarayonlarini yoritish maqsadida O‘zEOAVMA hamda a’zo teleradiostansiyalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Anjuman ishtirokchilari Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni bundan keyin ham “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda olib borishga, respublika hududlarida tashkil etiladigan bo‘limlaridagi matbuot xonalarida mavzuga oid turli janrdagi telemahsulotlarni tayyorlashga kelishib olishdi. 

Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan nodavlat teleradiostansiyalarning chora-tadbirlar rejalari muhokama etildi. Qatnashchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida to‘ldirilgan rejalar amaliyotda qo‘llash uchun qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar haqida ham masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish qatnashchilari ushbu chiqishda yoshlar auditoriyasiga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirishi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilganligiga e’tibor qaratishdi. Shuningdek, O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga bir ovozdan qaror qilindi. Bundan tashqari nodavlat teleradiostansiyalar vakillari qurultoyda bildirilgan fikrlar asosida efir dasturlarini tanqidiy ruhdagi media-mahsulotlar bilan boyitish bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi. 
Bundan tashqari Boshqaruv a’zolari boshchiligidagi ishchi guruhlarning nodavlat teleradiostansiyalar faoliyatini o‘rganish, ulardagi muammo va kamchiliklar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida respublika viloyatlariga xizmat safarlarini tashkil qilish bo‘yicha taklif qo‘llab-quvvatlandi. 

Yig‘ilish davomida assotsiatsiyaga a’zo har bir teleradiostansiyaga xizmatda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil dekabr – 2017 yil iyun oylarida chiqarilgan farmon, qaror va farmoyishlari to‘plami, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra chop etilgan mavzuga oid ko‘rgazmali materiallar beg‘araz tarzda tarqatildi. 

PS: Bugun ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida turibdi. Ana shunday e’tibor tufayli o‘tgan davrda jurnalistlarning faoliyat maydonini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida ko‘p ishlar qilindi. Jumladan, matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va rivojlantirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga to‘la javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjati qabul qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi.
Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida nufuzli ijodiy tashkilotlar qatorida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Albatta, bu bizni xursand qilish bilan birga, oldimizga yanada ulkan va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Xususan,

- miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish.

- ommaviy axborot vositalarining haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat bo‘lib maydonga chiqishiga erishish.

- milliy media maydonimizda fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta’minlash.
Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng muhim ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan. 

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bu tezkorlikni Prezidentimiz tomonidan respublikaning har bir sohasini rivojlantirish bo‘yicha chiqarilayotgan farmon, qaror va farmoyishlarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ularda nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat tashkilotlarga ham juda mas’uliyatli vazifalar yuklanmoqda. 

Ushbu vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida Assotsiatsiya tomonidan “O’zEOAVMA Media hall” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan davr mobaynida davlat va jamoat tashkilotlari murojaatiga ko‘ra “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda 20dan ortiq matbuot anjmuni, brifing va boshqa tadbirlar tashkil qilindi. Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish maqsadida grant loyihasi amaliyotga tatbiq qilindi.

Bundan tashqari ijodiy va texnik xodimlarning kasbiy malakasini oshirish maqsadida 6 ta seminar-trening tashkil qilindi. Ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bo‘yicha “Jurnalistlar bahori” an’anaviy tanlovi o‘tkazildi. 15-16 may kunlari bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon muzeylarida” xalqaro ilmiy-madaniy kongressi ham ana shunday muhim tadbirlardan biri hisoblanadi, deb aytish mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist ...
18.07.2018 / 12:21
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" turkum nashrining 13 ta jildi xalqaro ko`rgazmada taqdim etildi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko`rgazmalar markazida “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Unda O ...
26.04.2018 / 17:28