O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
YuNISEF va O‘zEOAVMA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2017 yilning 7 iyul kuni Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamg‘armasi – YuNISEF hamda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida 2018 yilning oxiriga qadar amal qiluvchi hamkorlik memorandumi imzolandi. 
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da bolalar ta’limi, tarbiya va sog‘lig‘iga, umuman olganda ularning aqliy, estetik va jismoniy yuksalishiga alohida e’tibor qaratilgan.
YuNISEF va O‘zEOAVMA o‘rtasidagi memorandumga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar va bolalar hayotiin yaxshilash, bolalar huquqlarining amalga tatbiq etilishi bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi. 
Muhim hujjatni imzolash marosimida hamkorlar bolalarga yo‘naltirilgan tele va radiodasturlar tayyorlanishini, bolalar va yoshlarning hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘g‘risida o‘z fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatini taqdim qilish, shuningdek, O‘zbekiston nodavlat elektron OAV orqali ayollar va bolalar masalalariga bag‘ishlangan dasturlar sifatini yuksaltirish bo‘yicha loyihalar borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. 
- Bugun biz O‘zEOAVMA bilan azaliy hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘taryapmiz. O‘zbekistonda ayollar va bolalar hayotini yaxshilash yo‘lida kuchlarni birlashtiryapmiz – deya qayd etdi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. – Biz O‘zEOAVMAning bolalarga qaratayotgan e’tiborini, yoshlarning qarorlar qabul qilinish jarayonlaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini, OAV orqali bolalar sog‘lig‘ini saqlash, voyaga yetmaganlar huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatishini yuqori baholaymiz.
- O‘zEOAVMA va YuNISEFni 2008 yilda boshlangan uzoq yillik mustahkam aloqa va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi, - deydi O‘zEOAVMA Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. – Xayrli ishlar, ya’ni O‘zbekistonda bolalar va oilalar hayotini yaxshilash, ularning huquqlarini ifoda etishni maqsad qilgan memorandumning imzolanishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ni amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining navbatdagi qadami deb hisoblaymiz. Harakatlar strategiyasida bolalar ta’limi, tarbiya va sog‘lig‘iga, umuman olganda ularning aqliy, estetik va jismoniy yuksalishiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu xayrli vazifalarni amalga oshirishdagi ikki tomonlama manfaatli qiziqish hamkorlikdagi faoliyatimizni belgilaydi. O‘ylaymanki, bu ijobiy natija beradi. 
Hamkorlar tomonidan «Markazda bolalar» dasturini tayyorlashga kelishib olindi. 

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida OAVning o‘rni
2017 yilning 14 dekabr kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida “O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy muloqotni ta ...
13.12.2017 / 14:36
Mа’nаviyat eng tа’sirchаn qurоlimiz
1 dеkаbr kuni O’zbеkistоn elеktrоn оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri milliy аssоtsiаtsiyasi bоsh оfisidа Rеspublikа Mа’nаviyat vа mа’rifаt mаrkаzi hаmdа O’zEОАVMА o’rtаsidа hаmkоrlik mеmоrаndumini imzоlаsh mаrоsimi bo&rsquo ...
01.12.2017 / 11:51
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
Xitoy safari taassurotlari: OAV mamlakatlararo do‘stlik ko‘prigi
Shu yil 20-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Jurnalistlari delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldim.Bu mening Xitoyga ikkinchi safarim edi - birinchi marta bundan 26 yil avval, 1991 yilning avgust oyida, O&lsquo ...
12.12.2017 / 12:00
“Kultura” telekanalida “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Kultura” telekanali orqali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda ERIELL GROUP ko ...
30.10.2017 / 08:30
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13