O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“O`zbekiston: qo`lga kiritilgan topilmalar” nomli hujjatli filmni suratga olish ishlari boshlandi

Bir soatga mo‘ljallangan mazkur hujjatli film Rossiyaning “Kultura” telekanali, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) va “Karavan-TV” hamkorligida suratga olinadi. Filmda zamonaviy O‘zbekistonning bir necha asrlik an’analari va donishmandlarining aql-zakovati bilan hamohang ravishda rivojlanib borayotgani haqida so‘z boradi. Ular har bir qadamda uchrashib, hamjihatlik va totuvlikda kun kechirmoqda. 
Shunday qilib, Toshkent shahrida Islom dinining haqiqiy qadriyatlarini o‘rganuvchi Islom madaniyat markazi, Samarqand shahrida va 1536 yilda qurilgan, ayni paytda ham talabalar ilm olayotgan Mir-Arab madrasasida islom dunyosining olim va ulamolari merosini o‘rganuvchi Xalqaro islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
“O‘zbekiston har doim turli dinga va madaniyatga e’tiqod qiluvchi odamlar ahil-inoqlikda yashaydigan tolerant hudud bo‘lib kelgan. Bunga suratga tushirish rejalashtirilgan Samarqand shahrida joylashgan avliyo Daniil maqbarasini, Toshkent shahridagi katolik va pravoslavlarning Uspenskiy soborini misol keltirishimiz mumkin. Biroq hujjatli filmning asosiy g‘oyasi va leytmotivi mamlakatdagi eng boy madaniy va tarixiy meros hisoblangan, O‘zbekiston olimlari tomonidan o‘rganib kelingan eng qadimiy yodgorliklar yozuvi hisoblanadi. Biz sizga ota-bobolar va muqaddas Islom an’analariga sodiq holda zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va uning xalqi haqida hikoya qilamiz”, dedi film rejissyori Valeriy Belov.
Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov O‘zEOAVMA uchun bu Rossiya telekompaniyasi bilan navbatdagi filmni suratga olish loyihasi bo‘lganligini ta’kidladi: “Biz ilgari ham mashhur “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – qumliklar marvaridi” va Qoraqalpog‘iston haqidagi “Vaqt qumliklari aro” nomli hujjatli filmlarni suratga olganmiz. “Kultura-Rossiya” telekanali bilan qilgan hamkorligimiz Respublikamizning mustaqillik bayrami uchun munosib sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz”. 
“O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmining suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga s’yomka jarayonida tabiat manzaralaridan, kino va foto hujjatlardan, muzey artefaktlaridan, shaxsiy arxiv va arxiv kadrlardan foydalaniladi. Filmda mashhur arxitektorlarning, olimlarning, tarixchi va xattotlarning, O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholining intervyulari yangraydi.

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida OAVning o‘rni
2017 yilning 14 dekabr kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida “O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy muloqotni ta ...
13.12.2017 / 14:36
Mа’nаviyat eng tа’sirchаn qurоlimiz
1 dеkаbr kuni O’zbеkistоn elеktrоn оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri milliy аssоtsiаtsiyasi bоsh оfisidа Rеspublikа Mа’nаviyat vа mа’rifаt mаrkаzi hаmdа O’zEОАVMА o’rtаsidа hаmkоrlik mеmоrаndumini imzоlаsh mаrоsimi bo&rsquo ...
01.12.2017 / 11:51
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
Xitoy safari taassurotlari: OAV mamlakatlararo do‘stlik ko‘prigi
Shu yil 20-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Jurnalistlari delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldim.Bu mening Xitoyga ikkinchi safarim edi - birinchi marta bundan 26 yil avval, 1991 yilning avgust oyida, O&lsquo ...
12.12.2017 / 12:00
“Kultura” telekanalida “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Kultura” telekanali orqali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda ERIELL GROUP ko ...
30.10.2017 / 08:30
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13