O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
uza.uz: O‘zbekiston haqida yangi hujjatli film suratga olinmoqda

Rossiyaning «Kultura» telekanali, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va «Karavan-TV» hamkorligida "O‘zbekiston: kashf etilgan yangiliklar"  nomli bir soatlik hujjatli filmni suratga olish ishlari boshlandi. 

 Loyiha tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, mazkur filmda O‘zbekiston azaliy urf-odat va an’analar bilan hamohang ravishda jadal rivojlanib borayotgani haqida hikoya qilinadi. Bugun o‘tmish va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan uyg‘unlikni har qadamda kuzatish mumkin. Xususan, Toshkentda muqaddas islom dinining asl qadriyatlarini yanada to‘la anglashga xizmat qiladigan Islom madaniyat markazi tashkil etilmoqda. Samarqandda islom olami olim va mutafakkirlarining merosini o‘rganadigan Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ochiladi. Buxorodagi 1536-yilda barpo etilgan qadimiy "Mir-Arab" madrasasida ilmu toliblar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar yaratilmoqda. 

"O‘zbekiston hamisha bag‘rikeng mamlakat bo‘lgan, bu yerda turli din va madaniyat vakillari tinch-totuv, ahil-inoq yashagan. Samarqanddagi Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Toshkentdagi katoliklar cherkovi va pravoslavlarning Uspenskiy sobori bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ushbu diniy qadamjolar bizning suratga olish rejamizga kiritilgan. Biroq hujjatli filmning asosiy g‘oyasi O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi haqida so‘zlaydigan qadimiy yodgorliklarga bitilgan noyob yozuvlar, shuningdek, mamlakat olimlarining asrlar  davomida saqlanib kelayotgan qadimgi bitiklar ma’nosini talqin qilish borasidagi mashaqqatli mehnati haqida hikoya qilishdir", deydi film rejissyori Valeriy Belov. 

Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining Rossiya telekompaniyalari bilan navbatdagi qo‘shma loyihasidir. "Taniqli "Masterskaya" kinokompaniyasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston – qumliklar gavhari", "Vaqt qumliklar aro" hujjatli filmlarini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirganmiz. "Kultura" telekanali bilan hamkorlikdagi yangi film Vatanimizning mustaqillik kuniga munosib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz", deydi u. 

"O‘zbekiston: kashf etilgan yangiliklar" hujjatli filmi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlarda suratga olinadi. Shuningdek, filmda noyob kino va fotohujjatlar, arxiv kadrlari, shaxsiy arxiv materiallari va muzey artefaktlaridan foydalaniladi. Filmda mashhur me’morlar, olimlar, tarixchi va xattotlar, O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiladigan oddiy odamlar bilan suhbatlar uyushtiriladi. 

Mavzuga oid yangiliklar
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori&rdquo ...
30.11.2017 / 10:47
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
29.11.2017 / 16:31
"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:26
“Musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:32
“Media forum o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etdi”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:27
O`zbekiston madaniy merosini keng yoyish yo`lida
ALEKSANDR NAYMARK, AQShning Hofstra universiteti professori: Mazkur yirik media-loyiha O`zbekiston madaniy merosini dunyoga keng yoyish, xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiyki ...
29.11.2017 / 16:25