O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston paralimpiya JCH: 7 ta medal, Jahon va Osiyo rekordlari

Londonda bo‘lib o‘tgan paralimpiya jahon chempionatida O‘zbekiston yengil atletikachilari 7 ta medalni qo‘lga kiritib, Jahon va Osiyo rekordlarini yangiladi.

14−23 iyul kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha paralimpiya jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yettita medalni qo‘lga kiritdi va Jahon va Osiyo rekordlarini yangiladi, deb xabar qildi «Gazeta.uz"ga Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi.

Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar jamoaga ikkita kumush medal taqdim etdi. Ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish sport turidan Sofiya Burxonova 14.76 m natija bilan «kumush» sohibasiga aylandi. Birinchi o‘rinni italiyalik Assunta Lenyante (15,82 m), uchinchi o‘rinni esa Meksikadan Rebeka Alvares (13,05 m) egalladi. Avvalroq Sofiya Burxonova disk otishda (38,17 m) kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha Husniddin Norbekov 14,87 m natija bilan jahon vitse-chempioniga aylandi. Eng yaxshi natijani litvalik Mindaugas Bilyus (16,26 m) ko‘rsatgan bo‘lsa, yana bir Litva vakili Donatas Dundzis (13,13 m) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

10 kun davom etgan «London-2017» Jahon Chempionatida O‘zbekiston uchta oltin va to‘rtta kumush medalni qo‘lga kiritib, 66 ta jamoa o‘rtasida 19-o‘rinni egalladi. Nayza otish bo‘yicha Aleksandr Svechnikov yangi jahon rekordini o‘rnatgan bo‘lsa, uzunlikka sakrash bo‘yicha Doniyor Soliyev Osiyodagi eng yaxshi natijani yangiladi.

Musobaqa doirasida 1050 nafar paralimpiyachi 213 to‘plam medal uchun kurashdi.

gazeta.uz

Mavzuga oid yangiliklar
"Paxtakor"ni yirik hisobda engan "Nasaf" OChL yo‘llanmasini naqd qildi
Qarshidagi “Markaziy” stadionda mahalliy “Nasaf” klubi Oliy liganing 29-turida “Paxtakor”ni yirik hisobda yengdi. Shiddatli kechgan o‘yin qarshilik futbolchilarning 4:0 hisobidagi g&lsquo ...
20.11.2017 / 09:23
Xorazmda dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federasiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda uch yuzdan ortiq sportchi 14 vazn toifasida g`oliblik uchun kuch sinashdi. ...
14.11.2017 / 13:01
Sportni yanada ommalashtirish, mahoratli murabbiy va sportchilarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash ...
01.11.2017 / 11:33
Milliy universitetda taekvondo fakulteti tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Hujjat bilan O ...
18.11.2017 / 17:39
Shavkat Mirziyoyev sport sohasi bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash ...
01.11.2017 / 14:05
Namanganda O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi
Namanganda O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi. Veloyo‘lak O‘zbekiston Ekologik harakati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O&lsquo ...
26.09.2017 / 10:07