O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zEOAVMA va Koreyaning eng yirik telekompaniyasi KBS o'rtasida bitim imzolandi

2017 yilning 25 iyul kuni O‘zbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi hamda Koreya Respublikasining eng yirik telekompaniyalaridan biri KBS o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. 
Hamkorlik bitimining asosiy maqsadi O‘zbekiston hamda Koreya mamlakatlarining tarixi, madaniy merosi, urf-odat hamda an’analari, tibbiyoti va bugungi kuni to‘g‘risida hujjatli filmlarni suratga olishdan iborat. Ushbu mahsulotlarni tayyorlash jarayonida o‘zbekistonlik ijodiy guruh Koreya Respublikasiga xizmat safari bilan borsa, koreyalik ijodkorlar O‘zbekistonga kelishadi. O‘zbekistondagi tasvirga olish ishlarini amalga oshirishda O‘zEOAVMA hamda unga a’zo nodavlat telestansiyalar yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Marosim doirasida tomonlar bitim asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan hujjatli filmlardan tashqari teleproduksiya almashinuvi, O‘zbekiston aholisi uchun qiziqarli bo‘lgan koreys seriallarini nodavlat telekanallari efiriga joylashtirish huquqini olish, yoshlarbop ko‘rsatuvlar almashinuvi kabi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. KBS telekompaniyasi ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish uchun O‘zEOAVMA vakillarini Koreyaga taklif etishdi. 
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda KBS telekompaniyasi delegatsiyasiga Assotsiatsiya, “Mening yurtim” telekanali tomonidan amalga oshirilayotgan media-loyihalar, ijodiy guruhlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. 
Uchrashuv so‘nggida KBS telekompaniyasi departamenti boshlig‘i Park Bok Yong “O‘zbekiston onlayn” dasturi uchun intervyu berdi.

- Bu yerda yoshlarning ko‘pligi e’tiborimni tortdi. Bilasizmi, ularning quvnoq va g‘oyalarga boyligi sezilib turibdi. Ayrim media mahsulotlarining tayyorlanish jarayonlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldim. Ayniqsa, bu yerdagi ijodiy muhit menda katta taasurot uyg‘otdi.

Mavzuga oid yangiliklar
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13
“Navqiron jurnalistlar-2017”: O‘zEOAVMA Axborot markazi faoliyati yanada takomillashtiriladi
2017 yilning 10-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan UNESCOning O&lsquo ...
18.08.2017 / 10:06
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab ...
04.08.2017 / 18:21
“O‘zbekiston online” dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga tayyorlanmoqda
2017 yilning 11-17 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan K.Adenauer jamg&lsquo ...
18.08.2017 / 12:42
“Navqiron jurnalistlar - 2017”: Nodavlat telestansiyalar bolalar telestudiyalari ijodkorlari uchun interaktiv seminar
2017 yilning 7-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar - 2017” yozgi media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda O ...
18.08.2017 / 09:49
Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi
Har bir insonning hayotida shunday damlar bo`ladiki, u bir lahza to`xtab, kundalik tashvishlardan bir muddat chekinib, bosib o`tilgan yo`lni, qilgan ishlarini sarhisob qilishga tutinadi. Gohida taqdirning o`zi atayin, insonni ma`lum bir joyda ...
03.08.2017 / 09:17