O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Xalqaro sanoat yarmarkasi direksiyasi tugatildi

“Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja direksiyasi” davlat korxonasi tugatildi. Bu O'zbekiston Prezidentining 31 iyuldagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish to'g'risidagi yangi qarorida ko'zda tutilgan.

Hujjatda aytilishicha, direksiya faoliyatini tashkillashtirishning shu kungacha amal qilgan tartibi «davlat va korporativ xaridlar ochiq-oydinligining tegishli darajasini ta`minlamagan”.

Kooperatsion birjaga tenderlar o'tkazmasdan, uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xom ashyo va materiallarni to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida xarid qilishga ijozat berilgani “turli korruptsion holatlar, jumladan birjadan avvaldan belgilangan yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish maqsadida foydalanishga” sharoitlar yaratgan.

“Ko'rgazma-yarmarka tadbirlarini o'tkazish tartibotlari avvalo kichik biznes sub`yektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berishda davlat va korporativ buyurtmalar olishning tegishli darajasini, buning oqibatida esa sog'lom raqobat muhitini yanada rivojlantirishni ta`minlamagan”, deb aytilgan hujjatda. 

Qarorda aytilishicha, direksiya tuzilgan shartnomalarni tahlil qilish va ular asosida mahalliylashtirish dasturiga tegishli loyihalarni kiritish bo'yicha takliflarni shakllantirish, sanoat kooperatsiyasining mahalliy xom ashyo asosidagi tayyor mahsulotni mahalliylashtirishdagi roli va ahamiyatini oshirish bo'yicha asosiy vazifalarini deyarli ta`minlamagan.    

Shu sababli, hujjatda davlat va korporativ xaridlar tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, «O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazma majmuasining ko'rgazma-yarmarka faoliyatini rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlanishi kerak. 

Mavzuga oid yangiliklar
Jahon banki vitse-prezidenti O'zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berdi
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O'zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga intervyu berdi. Unda dunyoning nufuzli moliyaviy tashkiloti bilan O'zbekiston o ...
16.07.2018 / 08:31
O‘zbekistonda yagona investitsiya portali yaratiladi
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda Yagona investitsiya portali yaratiladi va unda investorlar uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Natijada ular o‘z yurtlaridan turib ham O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
O`zbekistonlik xotin-qizlarning ixtirolari halqaro ko`rgazmada yuqori baholandi
Janubiy Koreyada XI Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko`rgazmasi (KIWIE 2018) bo`lib o`tdi. Koreya ixtirochi ayollari assosiasiyasi (KWIA), Koreya intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (WIPO ...
11.07.2018 / 10:53
Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
2018 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif dasturidan O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Ishchi guruh yoshlar bazasini shakllantirmoqda
«Yoshlar –kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Respublika bo`ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilgan ...
12.07.2018 / 18:06
Yosh tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat
Loyiha, startap yoki aniq biznes-rejaga ega yoshlar diqqatiga! Investorlar oldida o`z g`oyangizni taqdim qilishga tayyormisiz? Moliyaviy manbaga ega bo`lish uchun real imkoniyatdan unumli foydalaning! O`zbekiston yoshlar ittifoqi ...
11.07.2018 / 10:49