O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda “City Palace” mehmonxonasida nodavlat teleradiostansiyalar ijodiy guruhlari o‘rtasida “Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media festivalini o‘tkazadi. 
O‘zEOAVMA O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining moliyaviy ko‘magida har yili nodavlat elektron OAV jurnalist va texnik xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Jurnalistlar bahori” an’anaviy tanlovi, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan “Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivali hamda Ijtimoiy teleradioroliklar milliy festivallarini o‘tkazib kelmoqda. 
Joriy yilda ham ushbu an’anani davom ettirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda “Ozod yurt to‘lqinlari” X media-festivali o‘tkaziladi. 
Media festival O‘zbekistonda nodavlat teleradioeshittiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, jurnalistlarning demokratik qadriyatlarga mos keladigan, jamiyatning siyosiy hamda ma’naviy va ma’rifiy rivojlanishiga turtki bo‘ladigan televizion va radio dasturlarni tayyorlashda faolligini oshirishga qaratilgan. 
Festival doirasida nomzodlar o‘z ishlarini quyidagi besh nomnatsiya bo‘yicha topshirishdi:
- “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan eng yaxshi teleradioloyiha”
- “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini eng faol yoritgan teleradiostansiya”. 
- “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish jarayonlarini yoritishga bag‘ishlangan eng yaxshi teleradiodastur”. 
- “Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi teleradiomahsulot”.
- “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan eng yaxshi dastur”. 
Joriy yilda tanlovga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat teleradiostansiyalarning ijodkor xodimlari tomonidan 350ga yaqin ishlar topshirilgan. 
Festivalning hay’at a’zolari davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari mutaxassislaridan tashkil topgan.
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari “Ozod yurt to‘lqinlari” statuetkasi, maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid yangiliklar
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
“Navqiron jurnalistlar-2017”: O‘zEOAVMA Axborot markazi faoliyati yanada takomillashtiriladi
2017 yilning 10-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan UNESCOning O&lsquo ...
18.08.2017 / 10:06
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab ...
04.08.2017 / 18:21
“O‘zbekiston online” dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga tayyorlanmoqda
2017 yilning 11-17 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan K.Adenauer jamg&lsquo ...
18.08.2017 / 12:42
“Navqiron jurnalistlar - 2017”: Nodavlat telestansiyalar bolalar telestudiyalari ijodkorlari uchun interaktiv seminar
2017 yilning 7-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar - 2017” yozgi media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda O ...
18.08.2017 / 09:49
Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi
Har bir insonning hayotida shunday damlar bo`ladiki, u bir lahza to`xtab, kundalik tashvishlardan bir muddat chekinib, bosib o`tilgan yo`lni, qilgan ishlarini sarhisob qilishga tutinadi. Gohida taqdirning o`zi atayin, insonni ma`lum bir joyda ...
03.08.2017 / 09:17