O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Nodavlat ta’limni takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi

15-sentabr kuni Prezidentning “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

Unga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni litsenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an’anaviy ta’lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta’lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini jadal rivojlantirish;

ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish.

Nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar:

o‘z faoliyatini davlat ta’lim standartlari va talablar asosida amalga oshiradi;

amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘radi;

o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan o‘zaro munosabat o‘rnatadi;

o‘z faoliyatini aholiga pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, xayriya fondlari va grantlardan kelib tushgan mablag‘lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiradi;

bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beradi.

Bundan tashqari, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilab qo‘yildi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda aholiga nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan bino, obyektlar va inshootlarni davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida o‘rnatilgan tartibda sotishni tashkil etadi.

Yuridik shaxslar tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda:

chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan to‘lovlardan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida ozod qilinadi;

chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislarga ikki tomonlama aviachiptalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar (uzoq muddatli mehnat shartnomasi asosida — bir yilda ikki martadan oshmagan holda) ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin;

chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislarning yashash joyi uchun to‘lovlar qisqa muddatli mehnat shartnomalariga asosan (bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga) ish beruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, uzoq muddatli mehnat shartnomalari doirasida ularning yashash joyi uchun to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq ish haqi bilan birgalikda to‘lab beriladi.

Tijorat banklariga maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga boshlang‘ich mablag‘ni shakllantirish, bino va inshootlarni sotib olish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, zamonaviy o‘quv jihozlari va o‘qitish vositalarini sotib olish uchun 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkada imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etildi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi
O`zbekiston Prezidentining “Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar beradi. Hujjatga muvofiq, 2018 ...
17.04.2018 / 12:32
Prezident qarori bilan bog`cha tarbiyachilarining oyligi oshiriladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 28 fevral kuni «Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni  ...
01.03.2018 / 18:56
Bog‘cha tarbiyachilari pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bepul qayta tayyorlanadi
O‘zbekistondagi barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bog‘cha tarbiyachilarini bepul qayta tayyorlash kurslari faoliyat boshladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining «Feysbuk»dagi sahifasida  ...
23.02.2018 / 08:53
Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” MTM qayta rekonstruksiya qilindi
“Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlari tomonidan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” maktabgacha ta ...
07.04.2018 / 17:49
Yosh kitobxonga atalgan ikkinchi «Spark» Farg‘onaga ketdi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining ikkinchi turi yakunlandi. Murakkab shartlar, qizg‘in bahslardan so‘ng «Yosh kitobxon» tanlovining mutlaq g&lsquo ...
23.02.2018 / 08:56
Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar natijadorligi tahlil qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta`lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o ...
16.02.2018 / 09:18