O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Jayxun sohilida zamonaviy «Amudaryo» dam olish maskani ishga tushirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar eng avvalo, xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilash, aholi farovonligini ta`minlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi, deb yozadi Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov «Feysbuk»dagi sahifasida.

Viloyatda ham aholining munosib turmush kechirishi, mazmunli dam olishi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo'lmasdan voyaga yetishi yo'lida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Amudaryo» dam olish maskani ham Prezidentimizning tashabbuslari bilan boshlanib, qisqa muddatda qurilib foydalanishga topshirildi.

Maskanning ochilish marosimida so'z olganlar, mamlakatimizda aholi farovonligini ta`minlash, ayniqsa, yosh avlodning yurtga sodiq, vatanparvar insonlar bo'lib kamol topishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani, «Amudaryo» dam olish maskanining bunyod etilishi Termiz shahri, qolaversa, viloyat ahli uchun munosib sovg'a bo'lganini alohida ta`kidlashdi.

Mazkur dam olish maskanining bunyod etilishiga 70 mlrd. so'mdan ortiq mablag' sarflanib, bu yerda barcha sharoitlarga ega bo'lgan zamonaviy bolalar sog'lomlashtirish oromgohi, baxshichilik maktabi, mahalla fuqarolar yig'ini binosi, sport-sog'lomlashtirish markazining ma`muriy binosi, yoshlarning ijod qilishi va kitob mutolaasi uchun zallar, yopiq va ochiq suzish havzasi, qayiqlar turar joyi, musiqali favvora, profilaktika inspektorining xizmat uyi, muzkaymok va yaxna ichimliklar nuqtasi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, sun`iy qoplamali futbol maydonchalari, qum (plyaj) futbol maydoni, kulgi xonasi kabi bir qator ob`yektlar xalqimizga xizmat qilayotir.

Mavzuga oid yangiliklar
Nonna Grishaeva "Besh oqshom" bilan Toshkentda!
Kirib kelayotgan yangi yil arafasida poytaxt ahli va mehmonlarini ajoyib sovg`a kutayotir. 2017 yil 23-24 dekabr kunlari Toshkentda ilk bor Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri Aleksandr Volodin pesasi asosida ...
12.12.2017 / 11:25
O`zbek milliy maqomchilik san`ati markazi tashkil etiladi
Yangi markaz O`zbekistonda maqom san`atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an`analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o ...
20.11.2017 / 09:10
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi faoliyati yanada takomillashtiriladi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori e ...
08.11.2017 / 16:37
Toshkent moda haftaligi davom etmoqda
Yoshlar ijod saroyida "Tashkent Fashion Performance" namoyishi bo`lib o`tdi. Unda tashrif buyurganlar Italiya, Fransiya, Koreya, Rossiya, Qirg`iziston va O`zbekistondan dizaynerlar yaratgan liboslarni ko`rishga muvaffaq bo`ldi. Dastur qoidasiga ko ...
20.11.2017 / 09:11
Yilning eng shov-shuvli loyihasi start oldi: “Art House”
Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Маpkaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov ...
13.11.2017 / 16:26
Toshkent islom universitetida fotoko‘rgazma
Tinchlik, xotirjamlik, farovon va baxtiyor hayot – eng oliy ne’mat. Toshkent islom universitetida o‘tkazilayotgan fotoko‘rgazma har bir tomoshabinni osoyishta va yorug‘ kunlarimiz, istiqlolimiz, ona O&lsquo ...
30.10.2017 / 14:29