O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu nufuzli xalqaro sport anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish uchun Turkmaniston poytaxtida puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Olimpiya shaharchasida ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari, murabbiy va sportchilarning yashashi, musobaqaga tayyorlanishi, mashg‘ulotlar o‘tkazishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Davlat rahbari Ashxobod Olimpiya stadioniga tashrif buyurdi. 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan muhtasham inshootga ko‘plab mamlakatlardan kelgan davlat va hukumat rahbarlari, Osiyo olimpiya kengashi rahbariyati, faxriy mehmonlar, minglab sport ishqibozlari to‘plandi.

Ashxobod Olimpiya stadionida Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlandi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Osiyo o‘yinlarini rasman ochiq, deb e’lon qildi.

Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh barchani ushbu sport bayrami bilan qutladi.

Osiyo o‘yinlari madhiyasi yangrab, Osiyo Olimpiya kengashining bayrog‘i ko‘tarildi. O‘yinlar mash’alasi yoqildi.

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida 60 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etmoqda. An’anaga muvofiq, stadionga ishtirokchi davlatlar sport delegatsiyalari kirib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini baland tutgan sportchimiz – og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Ulug‘bek Alimov va O‘zbekiston delegatsiyasini muxlislar olqishlar bilan kutib oldi.

Delegatsiya tarkibida 189 sportchi – jahon va qit’a chempionatlari, turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan tajribali sportchilarimiz bilan birga, yosh iqtidor egalari sportning 20 turi bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi o‘ta jiddiy. U meksikalik
Riodagi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 14 iyul (O‘zbekiston vaqti bilan 15 iyul tongida) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi “Xalq so ...
12.07.2018 / 18:14
O`zbekiston tarixida og`ir atletika bo`yicha jahon chempioni bo`lgan ilk ayol sportchi
Poytaxtimizda og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Qizlar o`rtasida -63kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kumushxon Fayzullaeva bir yo`la uchta medalga ega chiqdi ...
11.07.2018 / 10:46
Armen Bagdasarov O`zbekiston dzyudo federasiyasida vaqtincha rais vazifasini bajaradi
Poytaxtimizdagi Osiyo dzyudo markazida O`zbekiston dzyudo federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o`tkazildi. Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ...
29.06.2018 / 11:12
O‘zbekistonlik yosh gandbolchilar jahon kubogi g‘olibiga aylandi
Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia” jahon kubogi musobaqasi yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi. Turli yosh toifalari o‘rtasida o&lsquo ...
12.07.2018 / 18:13
O`zbekiston o`smirlari - CAFA U16 chempionati g`olibi!
Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U16 chempionati o`z nihoyasiga etdi. Musobaqaning so`nggi turida O`zbekiston va Tojikiston o`smirlari bellashdi. O`yinda ustunlikka ega bo`lgan o`zbekistonliklar 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi. ...
10.07.2018 / 16:15
Poytaxtda OAV xodimlari o`rtasida velomarafon o`tkazildi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan poytaxtimizda velomarafon o`tkazildi. Bu haqda O`zAm xabar berdi. O`zbekiston Velosport federasiyasi tashabbusi bilan o ...
26.06.2018 / 09:19