O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Turkmanistonda o`tayotgan V Osiyo o`yinlarining ilk kuni sportchilarimizga 28 ta medal olib keldi

Turkmanistonda o`tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san`atlari bo`yicha V Osiyo o`yinlarining navbatdagi kuni ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o`tdi.

Osiyo o`yinlarining balandlikka sakrash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nadiya Dusanova 1.86 metrlik balandlikni zabt etib, oltin medalga sazovor bo`ldi. Ushbu yo`nalishda ishtirok etgan yana bir sportchimiz Safina Sa`dullaeva kumush medalni qo`lga kiritdi.

Turkman kurashining xotin-qizlar o`rtasidagi klassik yo`nalishida vazni 63 kilogrammgacha bo`lgan Dilafruz Mamajonova turkmanistonlik Dinara Xolieva, qirg`izistonlik Ulkan Albiyakizini mag`lubiyatga uchratib, terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qo`shib qo`ydi.

Klassik yo`nalishidagi bahslarda terma jamoamiz a`zolaridan Islomjon Qo`ldoshev, Husan Nosirov, Fayzullo Ummatov, Shahobiddin Sangilov, Elbek Sotvoldiev, Ilhomjon Mashrabov, Obidali Mavlonov, Manzuroy Mo`ydinova, Havasxon Jo`raqo`zieva, Gulmira Ismatova bronza medal bilan taqdirlandi.

Jiu-jitsu bo`yicha bellashuvlarda Ravshan Husanov, taekvondo bo`yicha Valentin Xegay uchinchi o`rinni egalladi. Futzal bo`yicha o`tgan bahslarda O`zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasini 5:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Endi futzalchilarimiz Maldiv terma jamoasiga qarshi bahslashadi.

Yopiq inshootlarda va jang san`atlari bo`yicha V Osiyo o`yinlarida hozircha O`zbekiston terma jamoasi hisobida 3 oltin, 5 kumush va 20 bronza medal mavjud, deb yozadi O`zA.

Mavzuga oid yangiliklar
"Paxtakor"ni yirik hisobda engan "Nasaf" OChL yo‘llanmasini naqd qildi
Qarshidagi “Markaziy” stadionda mahalliy “Nasaf” klubi Oliy liganing 29-turida “Paxtakor”ni yirik hisobda yengdi. Shiddatli kechgan o‘yin qarshilik futbolchilarning 4:0 hisobidagi g&lsquo ...
20.11.2017 / 09:23
Xorazmda dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federasiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda uch yuzdan ortiq sportchi 14 vazn toifasida g`oliblik uchun kuch sinashdi. ...
14.11.2017 / 13:01
Sportni yanada ommalashtirish, mahoratli murabbiy va sportchilarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash ...
01.11.2017 / 11:33
Milliy universitetda taekvondo fakulteti tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Hujjat bilan O ...
18.11.2017 / 17:39
Shavkat Mirziyoyev sport sohasi bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash ...
01.11.2017 / 14:05
Namanganda O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi
Namanganda O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi. Veloyo‘lak O‘zbekiston Ekologik harakati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O&lsquo ...
26.09.2017 / 10:07