O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Texnologiya
Amerikada ATKR vazirligi va Cisco o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi hukumat topshirig'i asosida Kaliforniya shtatidagi «Kremniy vodiysi»da joylashgan Cisco kompaniyasining bosh qarorgohida bo'lishdi. Bu yerda kompaniyaning strategiya, texnologiya va innovatsiyalar bo'yicha vitse-prezidenti Dag Vebster bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar beradi vazirlik rasmiy sayti.

Uchrashuv chog'ida Cisco vakillari kompaniyaning jahon miqyosida iqtisodiyotni raqamlashtirish, kiberxavfsizlik bo'yicha yechimlari, «internet buyumlar» (IoT) tendensiyasiga asoslangan «aqlli» va xafsiz shahar loyihalari yuzasidan nuqtai nazariga oid taqdimot, shuningdek jamoaviy hamkorlik va muloqotni o'rnatishga oid IT-takliflari bilan chiqish qildilar.

Cisco hamda vazirlik o'rtasida O'zbekistonda xavfsiz va «aqlli» shaharni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish yo'nalishida hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi. Kelishuvlar natijasida imzolangan hujjatga ko'ra istiqbolda quyidagi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish belgilab olindi:

- «Aqlli shahar» (smart city) hamda «internet buyumlari» (IoT) konsepsiyasini ishlab chiqishda qo'llab-quvvatlash va tajriba almashish;

- Kiberxavfsizlik yo'nalishidagi boshqaruv amaliyotini takomillashtirishda hamkorlik qilish;

- O'zbekistonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarda ishtirok etish;

- Keng polosali internetga ulanish sohasida qo'llab-quvvatlash va tajriba almashish.

1984 yilda asos solingan Cisco kompaniyasi tarmoqli texnologiyalar, aholi va muassasalar uchun ilg'or muloqot va aloqa almashish platformalarini ishlab chiqishda jahonda peshqadam hisoblanadi. Kompaniyaning 2016 yilda texnologiyalar va xizmatlarni sotishdan olgan daromadi 46 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA – Japan International Cooperation Agency) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ...
21.05.2018 / 16:01
O`zbekistonliklar Nyu-Yorkda internet-radio ochishadi
Central Asia Foundation fondi bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda “Sharq Ovozi” nomli internet-radio ochiladi. NNO Central Asia Foundation ta`sischilari bo`lgan o ...
14.05.2018 / 09:08
Toshkentda mobil aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi
4-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda aloqa ...
07.05.2018 / 11:40
Virtual terminallar real kassa apparatlariga tenglashtirildi
Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilar belgilandi: - elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to ...
15.05.2018 / 10:39
Axborot texnologiyalari vazirligida yangi jamoatchilik kengashi tashkil etildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O ...
10.05.2018 / 12:28
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi faoliyati Dubayda e’tirof etildi
Kecha BAAning Dubay shahrida ushbu mamlakat hukumati ko’magi ostida an’anaviy xalqaro investitsiya forumi ochildi. Mazkur tadbir doirasida “AIM 2018 Investment awards” mukofotini topshirish marosimi ham bo’lib o&rsquo ...
11.04.2018 / 11:31