O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Namanganda O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi

Namanganda O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi. Veloyo‘lak O‘zbekiston Ekologik harakati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida Namangan shahrida barpo etilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Veloyo‘lak YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatorining “Ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasiga ko‘maklashish — faza II” loyihasi doirasida tajriba tariqasida bunyod etilib, kelgusida uni yanada uzaytirish va boshqa viloyatlarda ham barpo etish ko‘zda tutilgan.

Uni tashkil etishdan maqsad atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, ekologik zararsiz bo‘lgan velotransportdan foydalanishni keng targ‘ib qilish, uni ommalashtirish va infratuzilmasini rivojlantirish hisoblanadi.

Islom Karimov shohko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan veloyo‘lak ochilishi munosabati bilan unda “Shahrimizni birgalikda obod qilaylik!” shiori ostida dastlabki velomarafon o‘tkazildi. Mazkur aksiyada O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vakillari, keng jamoatchilik, velosportchilar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Velomarafon ishtirokchilari “Do‘stlik” bozori maydonidan “Yoshlar bog‘i”gacha bo‘lgan 5 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilarini yo‘l bo‘ylab mahalliy aholi va yo‘lovchilar qo‘llab-quvvatlab turdi.

Aksiya doirasida O‘zbekiston Ekologik harakati va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan 80 dan ziyod velosiped viloyatdagi Mehribonlik uyi, maktab-internat, oliy o‘quv yurti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, ekologiya va tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa ijtimoiy muassasalarga sovg‘a qilindi.

Tadbir doirasida 26-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazilib, faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Velomarafon viloyat san’atkorlari va yosh iste’dodlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
“Osiyo o‘yinlari – 2017”: navbatdagi g‘alabalar
Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining kurash bo‘yicha bahslarida 81 kilogrammgacha vazn toifasida polvonimiz Kamoliddin Rasulov yamanlik Muhammad Husayn Al-Jarraxni ...
22.09.2017 / 11:38
Shavkat Mirziyoyev Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o&lsquo ...
18.09.2017 / 10:31
J.Koreya matbuoti: O‘zbeklar qiziqqon, ularni qo‘pollik qilishga majburlash kerak
Bugungi o‘yin atrofi Janubiy Koreyada bot-bot tilga olinmoqda.To‘g‘rida, ular ham Jahon chempionatiga chiqishni istashadi. Ammo, raqib anoyilardan emasligini ham bilishadi. Shu sabab, Janubiy koreyalik futbolchilariga o&lsquo ...
05.09.2017 / 08:56
Turkmanistonda o`tayotgan V Osiyo o`yinlarining ilk kuni sportchilarimizga 28 ta medal olib keldi
Turkmanistonda o`tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san`atlari bo`yicha V Osiyo o`yinlarining navbatdagi kuni ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o`tdi. Osiyo o ...
19.09.2017 / 12:54
Samvel Babayan: Ertaga faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O&lsquo ...
05.09.2017 / 08:56
Boks. Bugun O‘zbekiston-Kuba qarama-qarshiligi davom etadi
Bugun boks bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetadi. Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tayotgan musobaqada 10 ta vazn toifasida dunyoning eng kuchli charm qo‘lqop ustalarini nomiga oydinlik kiritiladi. E’tiborlisi ...
02.09.2017 / 16:25