O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Samarqandda xalq o'qituvchisiga ehtirom ko'rsatildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to'g'risida» gi 2017 yil 27 sentabrdagi Farmoniga asosan Samarqand shahar 6- umumiy o'rta ta`lim maktabi matematika o'qituvchisi Firuza Gafarovaga «O'zbekiston Respublikasi Xalq o'qituvchisi» faxriy unvoni berildi.

2011 yildan beri F.Gafarova 6-maktabdagi tayanch maktabiga rahbarlik qiladi, har oy Samarqand viloyat pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari uchun ish tajribasi, dars o'tish uslubi bo'yicha ochiq noan`anaviy darslar o'tkazib kelmoqda.

So'nggi uch yilda matematika o'qituvchisi Gafarova Firuzaning shogirdlaridan Akbar Erkinov «Bilimlar bellashuvi-2014» tanlovi Respublika bosqichida 3-o'rinni, shu tanlovning 2015 yilda viloyat bosqichida 2-o'rinni, 2016 yilda fan olimpiadalari shahar bosqichida 1- o'rinni egalladi, Sattorov Temur «Bilimlar bellashuvi-2015» tanlovi shahar bosqichida 2-o'rinni egallab, Xalqaro Lomonosov nomidagi matematika olimpiadasida Samarqand viloyati o'quvchilari o'rtasidan tanlab olinib, Toshkent shahrida o'tkazilgan saralash bosqichida faol qatnashdi.

Feruza Gafarovaning 2010-2017 yillarda 20 dan ortiq metodik tavsiyasi ta`lim tizimiga keng tatbiq etilgan. Uning «Atrofimiz geometriya» deb nomlangan hajmli metodik tavsiyasini Respublika miqyosida ommalashtirilgan. Shahar va viloyat miqyosida Firuza Gafarovaning yuzdan ortiq dars ishlanmalari va metodik qo'llanmalari ommalashtirilgan.

28 sentabr kuni Samarqand shahar hokimi F.Rahimov fidoyi ustoz, uz ishining mohir ustasi, yuzlab shogirdlarning ustozi F.Gafarovani ushbu unvon bilan tabriklash uchun 6-maktabga tashrif buyurdi. F.Rahimov ustozning mehnatini, yosh avlodni tarbiyalashdagi alohida xizmatlarini ta`kidlab o'tib, yaqinlashib kelayotgan ustoz va murabbiylar kuni bilan tabrikladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Nufuzli musobaqalar g'oliblari bo'lgan o'quvchilarni taqdirlash to'g'risidagi nizomga qo'shimchalar kiritildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o'quvchilarini taqdirlash tartibi to'g ...
08.11.2017 / 16:38
Mirziyoyev tashrif buyurgan Uchtepa tumanidagi maktab kapital ta`mirdan chiqarildi
oshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta`lim maktabining kapital ta`mirlashdan keyingi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. Tadbirda Xalq ta`limi vazirligi rahbariyati ...
25.10.2017 / 11:07
Nodavlat ta’limni takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
15-sentabr kuni Prezidentning “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi. Unga ko ...
16.09.2017 / 10:29
Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi muhokama qilindi
Navoiyda “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar, istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o&lsquo ...
30.10.2017 / 13:06
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan qabul qilinadi
14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to ...
16.09.2017 / 10:32
14-16 sentyabr kunlari "Bolalar kitobi" III respublika festivali o‘tkaziladi
Poytaxtimizda 14-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda "Bolalar kitobi" III respublika festivali tashkil etiladi. Festival nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog ...
12.09.2017 / 09:33