O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Prezident qarori: O'zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaydi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «O'zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida keltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining Amerika Qo'shma Shtatlariga 2017 yil 18-20 sentabr kunlari amalga oshirilgan tashrifi nafaqat mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo'ldi, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, xalqaro moliya institutlari hamda qator xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qatnashish, shuningdek, BMT Bosh kotibi va BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari bilan o'tkazilgan uchrashuvlar xalqaro hamjamiyatni O'zbekistonning yangi rivojlanish strategiyasi va jamiyat, iqtisodiyot hamda tashqi siyosat bo'yicha yaqinda erishilgan keng ko'lamli islohotlari, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanishning dolzarb muammolarini hal qilish uchun aniq takliflari hamda tashabbuslari haqida xabardor etish imkonini berdi.

AQSh hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan o'tkazilgan muvaffaqiyatli muzokaralar va uchrashuvlar o'zbek-amerika munosabatlarini strategik sheriklik ruhida yanada mustahkamlash hamda kengaytirish uchun yangi istiqbollarni belgilashga imkon berdi.

Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon banki rahbariyati bilan muzokaralarda ushbu xalqaro moliya institutlari bilan O'zbekiston hamkorligining istiqbolli yo'nalishlari, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, biznes hamda investitsiya muhitini yaxshilashni ta`minlashga qaratilgan ustuvor qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha atroflicha fikr almashildi. Bolgariya prezidenti R.Radev va Gruziya bosh vaziri B.Kvirikashvili bilan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi maydonlarida o'tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar bu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat hamda istiqbollari belgilab berdi. 

O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tuzilmalari bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash, xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa mamlakatlar bilan ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni qat`iy bajarish, Nyu-Yorkka tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida: BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bildirilgan O'zbekiston Respublikasi tashabbuslarini ilgari surish va BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari bilan muzokaralar yakuni bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo'l xaritasi»), va uni amalga oshirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi №1, 1a  ilovalarga muvofiq;

Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi rahbarlari bilan muzokaralar yakuni bo'yicha erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirishni ta`minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo'l xaritasi»), va uni amalga oshirish bo'yicha Muvofiqlashtirish guruhining tarkibi №2, 2a ilovalariga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasining Amerika Qo'shma Shtatlari bilan davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va Nyu-Yorkdagi O'zbekiston-Amerika biznes forumi natijalari bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo'l xaritasi»), va uni amalga oshirish uchun Muvofiqlashtiruvchi guruhning tarkibi №3, 3a ilovalariga muvofiq tasdiqlandi.

Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi ishtiroki doirasida erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va so'zsiz bajarilishini nazorat qilish, hamda amaliy tadbirlarning («Yo'l xaritalari») tasdiqlangan rejalari bo'yicha Maxsus komissiya №4 ilovaga muvofiq tashkil etiladi.

O'zbekiston bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi Maxsus komissiyaga:

BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, ular bilan muntazam hamda samarali hamkorlikni, jumladan hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyalar va boshqa ikki tomonlama maslahat mexanizmlari doirasida tashkil etish;

ushbu qarorning 5-ilovasiga muvofiq, № 1-3-ilovalarda ko'rsatilgan tadbirlar va loyihalarni o'z vaqtida hamda sifatli bajarish ustidan doimiy nazorat hamda tizimli monitoringni tashkil etish;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari, bosh vazir o'rinbosarlari - mas`ul ijrochilarning, shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Yo'l xaritalari»ni so'zsiz bajarish bo'yicha qabul qilingan amaliy choralar bo'yicha muvofiqlashtiruvchi guruhlar hisobotlarini muntazam tinglash;

mas`ul vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalari rahbarlari, bosh vazir o'rinbosarlari, muvofiqlashtiruvchi guruhlar rahbarlari, Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan amaliy tadbirlar («Yo'l xaritalari»)ning bajarilishini batafsil ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har oyning 5-dan 10-kunigacha bo'lgan davr mobaynida shaxsiy hisobotlari tinglanishini tashkil etish vazifalari topshirildi.

Shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi guruhlar rahbarlari (A.Komilov, A.Saidov; G.Saidova, B.Xodjayev, T.Ishmetov; E.G'aniyev, A.Axmedxadjayev) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

o'n kun ichida - ushbu Farmonning № 1-3-ilovalariga kiritilgan loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini ishlab chiqish hamda ularni Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun kiritadilar;

har oyda, 3-sanagacha - tasdiqlangan amaldagi tadbirlar rejalarini («Yo'l xaritalari») amalga oshirishning samaradorligi to'g'risida umumiy ma`lumotni Maxsus komissiyaga taqdim etadilar.

Shuningdek, qaror bilan O'zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonovga Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi (I.Majidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha vazirlik (Sh.Shermatov), Sog'liqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov ), O'zbekiston Yoshlar ittifoqi (K.Quronboyev) va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan bir oylik muddatda AQShda yashayotgan vatandoshlarning salohiyati, tajribasi hamda bilimlarini qo'shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo'yicha Harakatlar rejasi («Yo'l xaritasi»)ni ishlab chiqish va tasdiqlatish uchun kiritish vazifasi topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (A.Aripov) bir hafta muddatda Bolgariya Respublikasi prezidenti R.Radev va Gruziya bosh vaziri B.Kvirikashvili bilan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni ta`minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar bo'yicha rejalarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi bayonnoma qarori bilan tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining kotibi V.Mahmudov va maslahatchi - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro apparati rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid yangiliklar
Tojikiston poytaxtida O'zbekiston savdo uyi ochildi
Dushanbe shahrida «O'ztreyd» Savdo uyining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda «UZTRADE» Aktsiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati xabar bermoqda. Tojikiston tomondan Abduvali Qodirov rahbarlik qiluvchi « ...
30.11.2017 / 16:08
O‘zbekistonda shamol-energetika qurilmasi paydo bo‘ladi
“O‘zbekenergo”, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” va Siemens Gamesa kompaniyalari O‘zbekistonda shamol energetikasi bo‘yicha quvvati 100 megavatt bo‘lgan loyihani amalga oshirish bo&lsquo ...
20.11.2017 / 09:07
«Made in Uzbekistan» ko`rgazmasida 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Toshkentda bo`lib o`tgan «Made in Uzbekistan» mamlakat iqtisodiy yutuqlari ko`rgazmasida O`zbekiston kompaniyalari hamkorlik to`g`risida 10,5 mln dollarlik shartnomalarniimzoladi. Savdo ...
14.11.2017 / 13:03
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o'rinbosar tayinlandi
Aybek Altinbekovich Tajyetdinov Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog'iston axborot agentligi ma`lum qildi. ...
30.11.2017 / 16:07
«O'zbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “O'zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini 2018-2020 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Hujjat bilan Iqtisodiyot vazirligi ...
18.11.2017 / 17:40
Chexiyada O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish soddalashtiriladi
Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston, Mo'g'uliston va Vetnam fuqarolarini ustuvor ravishda ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirishga tayyor. ...
13.11.2017 / 16:30