O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Qirg'iziston bilan chegaradagi yana bir chegara posti ochildi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5–6 sentabr kunlari Qirg'izistonga tashrifi doirasida ikki davlat o'rtasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ifodasi sifatida ikki mamlakatni bog'lab turuvchi chegara postlarining aholi vakillari uchun ochilmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi «Madaniyat» chegara bojxona posti ochilishi bilan bir vaqtda Farg'ona viloyati «Vodil» chegara posti faoliyati ham qayta tiklangan.

«Qirg'iziston bilan 447,4 kilometrlik chegara hududiga ega Farg'ona viloyati uchun chegara munosabatlari g'oyat muhim strategik ahamiyatga ega. So'x hamda Farg'ona tumanlarining Shohimardon va Yordon qishloqlari aholisi uchun qo'shni davlatga bordi-keldi qilish birmuncha og'riqli masalaga aylanib qolgan edi. Prezidentimizning ushbu tashrifi chog'ida azaldan yonma-yon yashab, bir ariqdan suv ichgan, quda-anda bo'lib ketgan, qadriyat va an`analari, hatto orzu-maqsadlari mushtarak ikki xalqning ahilligiga soya tashlayotgan muammolarni ijobiy hal etishga erishilgani o'zbek-qirg'iz xalqlari do'stligi, jipsligi va hamjihatligi yo'lidagi muhim tarixiy voqea bo'ldi. 

Ikki qardosh xalq vakillarining mazkur uchrashuvi ham katta shodiyonaga aylanib ketdi. Unda Qirg'iziston Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan qirg'iz millatiga mansub yurtdoshlarimiz, keng jamoatchilik, yoshlar ishtirok etdi», deyilgan O'zA xabarida.

Farg'ona viloyati hokimi Sh.G'aniyev, Botken viloyati gubernatori A.Xolmurzayev va boshqalar O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar kengayib borayotgani, xususan, chegara hududlarida ko'plab muammolar amaliy hal etilayotganini ta`kidlashgan.

«Qirg'izistonning Qadamjoy tumani Uchqo'rg'on qishlog'ida tug'ilganman, jigarlarim, qarindoshlarim o'sha yoqda. Qishlog'imga borish, yaqinlarim bilan uchrashishda turli qiyinchiliklar mavjud edi. To'y-ma`rakalarida ham yonlarida bo'lolmadim. «Vodil» chegara punktining ochilishi, ortiqcha rasmiyatchiliklarning bekor qilinganidan juda xursandmiz. Xalqimizning dardini tinglayotgan, og'irini yengil qilayotgan Prezidentimizdan behad minnatdormiz», – deydi Toshloq tumanidagi 16-umumta`lim maktabi o'qituvchisi Nasiba Jo'rayeva.

«Xalqlarimiz azaldan bir ariqdan suv ichib, quda-anda bo'lib, ahil yashagan. Bugun ularning shodliklarini ko'rib, chegara ochilgani rostdan ham ulkan voqea bo'lganini his etdim. Mana bunday uchrashuvlar, bordi-keldilar yo'lga qo'yilgani do'stligimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», – deydi Botken viloyati Qadamjoy tumani hokimi o'rinbosari To'xtaxon Ilyasova.

«Qishlog'imiz o'zining so'lim tabiati, toza havosi va ziyoratgohlari bilan nom qozongan. Bu yerda turizmni rivojlantirish uchun ham katta imkoniyat mavjud. Lekin chegaradagi muammolar sabab qishlog'imizga keluvchilar yo'q hisobi edi. Mana endi to'siqlar olib tashlandi. Turizmni rivojlantirish imkoniyati kengaydi», – deydi «Shohimardon» mahalla fuqarolar yig'ini raisi Rustamjon Tojiboyev. 

Uchrashuvda badiiy jamoalar, yosh san`atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on o`rtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 2017 yil 11 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. ...
12.12.2017 / 11:49
Ikki davlat Prezidentlari telefon orqali qanday masalalar yuzasidan suhbatlashishdi?
O`zbekiston axborot agentligining bergan xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 27 noyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi.  ...
30.11.2017 / 10:55
Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi mustaqilligi yo`lida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki qo`yilgan Milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Davlatimiz rahbari vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib ...
23.11.2017 / 13:35
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning ...
30.11.2017 / 10:56
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tarkibidagi so‘nggi o‘zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.  Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi ...
30.11.2017 / 10:52
O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar. Qozog ...
23.11.2017 / 13:34