O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Senat o'zbek-qirg'iz chegarasi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish masalasini ko'rib chiqadi

2 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining majlisi bo'lib o'tdi. Majlisni Senat raisi N. Yo'ldoshev boshqardi.

Kengash Senatning o'n ikkinchi yalpi majlisini shu yilning 4 oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to'g'risida qaror qabul qildi.

Yalpi majlisda ko'rib chiqiladigan masalalar qatorida «O'zbekiston Respublikasi bilan Qirg'iziston Respublikasi o'rtasida o'zbek-qirg'iz davlat chegarasi to'g'risidagi shartnoma ham bor.

Ushbu qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 28 sentabr kuni qabul qilingan. Qonun O'zbekiston prezidenti imzolaganidan keyin kuchga kiradi.

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun mamlakatning O'zbekiston bilan umumiy chegarasini belgilab olish to'g'risidagi qonunni imzoladi.

Ko'rsatilgan shartnoma nizomida o'zbek-qirg'iz davlat chegarasining 1170, 53 kilometri tavsiflangan.

Qonun loyihasi qirg'iz parlamenti tomonidan 28 sentabr kuni ma`qullangandi.

Senat ko'rib chiqishi uchun «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonun, qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta`minlash to'g'risidagi masala ham kiritilmoqda.

Yalpi majlisda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko'rib chiqish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
Ilgari xabar qilinganidek, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Jami o‘ndan ortiq hujjat imzolandi. Qirg&lsquo ...
06.10.2017 / 11:18
Xorij OAV Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqiga qanday munosabat bildirmoqda?
Musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqi yakunlangandan keyingi taassurotlari hamda xorij ommaviy axborot vositalarida shunga doir bildirilgan fikrlar bilan bo'lishdi ...
05.10.2017 / 09:41
Shavkat Mirziyoyev Las-Vegasdagi fojia yuzasidan hamdardlik bildirdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo'lladi. Maktub matni TIV saytida keltirilgan. O'zbekiston prezidenti Las-Vegas shahrida ko'plab insonlar halok bo ...
03.10.2017 / 08:45
Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5 oktabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. O'zA xabar berishicha ...
05.10.2017 / 13:49
BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi maxsus ma`ruzachisi O'zbekistonda
2017 yilning 2 oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O'zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining din va e`tiqod erkinligi masalasi bo'yicha maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi ...
03.10.2017 / 08:49
Qirg'iziston bilan chegaradagi yana bir chegara posti ochildi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5–6 sentabr kunlari Qirg'izistonga tashrifi doirasida ikki davlat o'rtasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ifodasi sifatida ikki mamlakatni bog ...
03.10.2017 / 08:44