O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Auktsion savdolarda sotilgan avtoraqamlar orqali byudjyetga 2 mlrd. so'mdan oshiq mablag' tushdi

Joriy yilning 27-28 sentabr kunlarida «O'zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» AJda avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini sotish bo'yicha savdolar o'tkazildi. «O'zRTXB» AJ matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, savdolar mobaynida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslar uchun 36ta «oltin» avtoraqam va yuridik shaxslar uchun 6ta lot sotildi.

O'tkazilgan onlayn savdolarning natijalari «oliy toifali» avtomobil raqamlarga bo'lgan talab yuqori ekanligini namoyon etdi. Raqobatli savdolar davomida ayrim lotlar bo'yicha boshlang'ich narxlar bir necha marotaba ko'tarilib, 70 mln so'mdan oshdi.

Umuman olganda O'zRTXB ning www.avtoraqam.uzex.uz tizimi ishga tushirilgan paytdan boshlab auksion savdolarda qiymati 2,0 mlrd so'mdan yuqori 110dan ziyod avtotransport vositalari uchun davlat raqami belgilari sotildi.

Eng faol xaridorlar — Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlaridir. Biroq, shu bilan birga respublikamiz boshqa hududlarining xaridorlari ham bosqichma-bosqich birjaning axborot tizimiga ulanishmoqda. Xususan, onlayn-auksionlar Qoraqolpog'iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Andijon va Farg'ona viloyatlarida o'tkazildi.

Eslatib o'tamiz, savdolar mobaynida xaridorlar amaldagi eng yaxshi narxdan yuqoriroq bo'lgan cheklanmagan miqdorda narx bo'yicha o'z takliflarini berishlari mumkin. Avtoraqamlar sotilishidan olingan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga yo'naltiriladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Tojikiston poytaxtida O'zbekiston savdo uyi ochildi
Dushanbe shahrida «O'ztreyd» Savdo uyining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda «UZTRADE» Aktsiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati xabar bermoqda. Tojikiston tomondan Abduvali Qodirov rahbarlik qiluvchi « ...
30.11.2017 / 16:08
O‘zbekistonda shamol-energetika qurilmasi paydo bo‘ladi
“O‘zbekenergo”, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” va Siemens Gamesa kompaniyalari O‘zbekistonda shamol energetikasi bo‘yicha quvvati 100 megavatt bo‘lgan loyihani amalga oshirish bo&lsquo ...
20.11.2017 / 09:07
«Made in Uzbekistan» ko`rgazmasida 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Toshkentda bo`lib o`tgan «Made in Uzbekistan» mamlakat iqtisodiy yutuqlari ko`rgazmasida O`zbekiston kompaniyalari hamkorlik to`g`risida 10,5 mln dollarlik shartnomalarniimzoladi. Savdo ...
14.11.2017 / 13:03
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o'rinbosar tayinlandi
Aybek Altinbekovich Tajyetdinov Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog'iston axborot agentligi ma`lum qildi. ...
30.11.2017 / 16:07
«O'zbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “O'zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini 2018-2020 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Hujjat bilan Iqtisodiyot vazirligi ...
18.11.2017 / 17:40
Chexiyada O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish soddalashtiriladi
Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston, Mo'g'uliston va Vetnam fuqarolarini ustuvor ravishda ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirishga tayyor. ...
13.11.2017 / 16:30