O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Xorij OAV Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqiga qanday munosabat bildirmoqda?

Musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqi yakunlangandan keyingi taassurotlari hamda xorij ommaviy axborot vositalarida shunga doir bildirilgan fikrlar bilan bo'lishdi. Bu haqida 4 oktabr kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

Usmonxon Alimovning so'zlariga ko'ra, BMT minbarida O'zbekiston Prezidentining nutqi yakunlangandan keyin qarsaklar davomli bo'lgan. Hatto u yerdagi davlat rahbarlari ham, shuningdek majlisni boshqarib borayotganlar ham Prezidentni bu so'zlari bilan qutlashgan. 

"Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an davlatmiz rahbari Shavkat Miromonovichni bag'riga bosib, dunyoda hali hech bir davlat rahbari BMTning oliy minbaridan turib, islom dinining qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagani, hech qachon Imom Buxoriydek ulug' allomaning nomini tilga olmaganini alohida ta`kidlab, tahsinlar aytdi. Buni hammamiz ko'rdik. 

Misrning "Al-Vaqf" gazetasi "O'zbekiston Prezidenti BMT minbaridan turib yoshlarga doir tashabbus bilan chiqdi" sarlavhali katta maqolasini e`lon qildi. Unda Shavkat Mirziyoyevning BMT yig'inida yoshlar huquqini ta`minlash xususidagi qonunni ishlab chiqish borasidagi taklifiga yuqori baho berilgan. Ayniqsa, hozirgi tezkor sur`atlar bilan o'sib borayotgan axborot zamonida alohida bir tizim ishlab chiqish juda ham maqsadga muvofiq ekani ta`kidlangan. Shuningdek hozirda yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish va ekstremistik g'oyalar qarshisida to'siq qo'yish juda ham qiyinligi, bunga erishishning birdan bir yo'li yosh avlodni qo'llab-quvvatlash va haq-huquqlarini himoya qilish ekani qayd etilgan. 

Bundan tashqari, yana bir arab axborot agentligining xabar berishicha, dunyodagi terror tahdidiga qarshi kuch ishlatish u qadar manfaat bermayotgani ta`kidlandi. Maqolada O'zbekiston bu borada faol ish olib borib, tinch yo'l bilan, ya`ni ma`rifat bilan kurash olib borishga barchani da`vat etayotganiga alohida e`tibor qaratilgan. 

Bu xorijdagi OAVning Prezidentimizning BMT Bosh assambleyasi sessiyasida so'zlagan nutqlariga bergan baholaridir. 

G'arb nashrlarida ham Prezidentimizning "Endi fuqarolar davlat tashkilotlariga emas, davlat tashkilotlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak" degan gaplariga urg'u berilgan. Inson huquqlari masalasida qilingan ijobiy ishlar yuqori baholangan. 

Shuningdek yana bir g'arb nashrida O'zbekiston uchun hozirgi davr - taraqqiyot davri ekani ta`kidlanib, odim qadamlarning tashlanishi Prezident tomondan ishonchning mustahkamlanganligini ta`kidlaydi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar aholining davlatga, hukumatga bo'lgan ishonchini mustahkamlashi aytib o'tilgan", - deydi Musulmonlar idorasi raisi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Abdulaziz Kamilov Qatar delegasiyasini qabul qildi
2018 yil 17 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo`yicha departamenti boshlig`i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegasiyasni qabul qildi, deb xabar  ...
18.07.2018 / 09:12
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulgani milliy bayram – Xalq revolyutsiyasi kuni bilan tabrikladi.
11.07.2018 / 10:57
Vazirlar Mahkamasida 3ta departament tugatildi, 2 oy ichida tarkibiy bo'linmalar xodimlari attestatsiyadan o'tkaziladi
Prezidentning «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda  ...
08.07.2018 / 13:14
Abdulla Aripov Farg'onada Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashuv o'tkazadi
O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Farg'ona shahrida 16 iyul kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi. Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari ...
16.07.2018 / 08:33
Erdo'g'anning inauguratsiya marosimida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig'matilla Yo'ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida Rajab Toyyib Erdo'g'anning Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi ...
08.07.2018 / 13:15
Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi
Qozog`iston poytaxtidagi Mustaqillik saroyida 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog ...
08.07.2018 / 13:13