O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Butun Rossiya patriarxi: "Amerika, Yevropa siyosatchilarini O'zbekistonga chaqiring, hech qayerda bunday diniy bag'rikenglik yo'q!"

Butun Rossiya va Moskva patriarxi Kirill O'zbekistonga tashrifidan juda katta taassurot oldi. Rus pravoslav cherkovi Toshkent yeparxiyasi mitropoliti Vikentiy 4 oktabr kuni Xalqaro Press-klubda bo'lib o'tgan "O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning AQShga tarixiy tashrifi yakunlari. Bag'rikeng Islom: tinchlik va ezgulik dini" mavzusidagi sessiyasida so'zga chiqar ekan, shu haqida ma`lum qildi. 

Mitropolit Vikentiy patriarx Kirillning O'zbekistonga tashrifi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, patriarx O'zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo'lib, ko'plab muqaddas dargohlar va obidalar bilan tanishgan. U islom dini mehr-muhabbatni targ'ib qilishini ta`kidladi. Oddiy xalq orasida bo'lgan patriarx o'zbek xalqining mehr-muhabbatini his qilgani, bu esa bag'rikenglik juda katta ahamiyatga ega ekanini ta`kidladi. 

Patriarx Kirill O'zbekistondagi cherkov, ibodatxonalar va turli binolarni ko'rib, O'zbekistonda din va e`tiqodga bo'lgan hurmatga tan berdi. "Amerika, Yevropa siyosatchilarini O'zbekistonga chaqiring, kelib ko'rishsin. Bunday bag'rikenglik hech qayerda yo'q! Men bu yerda ko'rganlarimni hamma yerda va har doim aytaman. Bu yerda odamlarning samimiy mehr-muhabbati va hurmatini his qildim", - dedi patriarx. 

Metropolit Vikentiyning ta`kidlashicha, patriarx Kirill oddiy xalq orasida bo'lgan, ular bilan tanishgan va O'zbekistondagi mavjud ulug' qadriyatlarni saqlab qolishga chaqirgan. U barcha dinlar tinchlik va totuvlikka chorlishini ta`kidlagan. Shu o'rinda patriarx Kirill O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Biz noxush asoratlar bilan kurashishimiz emas, ularning oldini olishimiz kerak" degan gaplariga alohida e`tibor qaratgan.

"Patriarx Kirill ketish oldidan shunday ajoyib bir gap aytdi: O'zbekistondan Rossiyaga ketgan odamlar u yerning eng yaxshi odamlari bo'ladi, chunki ular tarbiyali odamlardir", - deydi mitropolit Vikentiy.

Mavzuga oid yangiliklar
Erkinjon Turdimov Telegram orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram messenjeri ishga tushdi. Bu haqda hokimlikning axborot xizmati xabar qiladi. Mazkur messenjer xalq bilan bevosita muloqot o`rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to`g`risida aniq ma ...
20.07.2018 / 13:24
O‘zLiDeP ilgari surayotgan “Veb-frilans” faoliyati uyushmagan yoshlar va uyda o`tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta`minlaydi
Joriy yilning 19 iyul kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi tashabbusi bilan “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati mazmun-mohiyati hamda uni O`zbekistonda qonuniy yo`lga qo`yishga bag ...
20.07.2018 / 13:23
Bosh prokuratura: 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibida O'zbekiston Respublikasi prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilib, boshqarma tomonidan Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda. ...
20.07.2018 / 13:16
Prezident topshiriqlarini o`z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hududlarga chiqqan holda qarorlar ijrosini o`rgandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. ...
20.07.2018 / 13:23
Akmal Saidov: «Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi Ombudsman lavozimini joriy etish kerak»
Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov 19 iyul kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va  BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O ...
20.07.2018 / 13:19
Adliya vaziri XXRning O`zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi
2018 yilning 17 iyul kuni Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov Xitoy Xalk Respublikasining Uzbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi. ...
19.07.2018 / 09:53