O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Jahon banki guruhi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi

Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yong Kim O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi. Maktub matni O'zA saytida keltirilgan.

Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida siz bilan uchrashish imkoniyati hamda ochiq va samimiy muloqot uchun minnatdorlik bildiraman. 

Sizni O'zbekistonni jadal rivojlangan xususiy sektorga, inklyuziv va barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega zamonaviy davlatga aylantirish yo'lidagi faoliyatingiz bilan yana bir bor qutlayman.

Jahon banki guruhi Sizning bu boradagi faoliyatingizni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekani, Siz tomoningizdan tashkilotimizga bildirilayotgan ishonchni yuksak qadrlashimizni alohida qayd etmoqchiman. Biz O'zbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qo'llab-quvvatlashda Sizning yetakchi hamkoringiz bo'lishga tayyormiz, o'tgan hafta umumiy qiymati 450 million AQSh dollariga teng uchta investitsiya loyihasini imzolaganimiz shundan dalolat beradi. Ushbu loyihalar O'zbekistonga elektr energetikasi, irrigatsiya va chorvachilik tarmog'ini rivojlantirishni rag'batlantirish uchun zarur bo'ladigan sarmoya kiritish imkonini beradi.

Sizning meva-sabzavotchilik va chorvachilikni rivojlantirish orqali qishloq xo'jaligi sohasini diversifikatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratayotgan alohida e`tiboringiz menda katta taassurot qoldirdi. Paxta yig'im-terimida ishtirok etuvchilar mehnatiga haq to'lashni yaxshilash hamda oldin qo'llanilgan mehnat shakllarini bartaraf etish bo'yicha qat`iy sa`y-harakatlaringiz juda ijobiy qabul qilindi.

Men Sizning texnik va moliyaviy ko'mak bo'yicha murojaatingizni ko'rib chiqdim hamda ularni tayyorlash bo'yicha ishni tezlashtirish yuzasidan topshiriq berdim. Sizning tashabbusingiz bilan ishlab chiqilgan O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar jarayonida ehtiyojlar ortishini inobatga olib, biz mamlakatingiz bilan Sheriklik strategiyasi doirasida Jahon banki guruhi tomonidan moliyalashtirishni tezlashtirish hamda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy va asosiy infratuzilmani modernizatsiyalash, qishloq xo'jaligini isloh qilishda yuqori darajadagi texnik ko'mak taqdim etishga tayyormiz.

Men Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva va mintaqaviy vitse-prezidenti Siril Myullerga istiqboldagi hamkorligimizni muhokama qilish va kelishib olish uchun Siz bilan yaqin vaqtda uchrashish bo'yicha topshiriq berdim. Muzokaralarimiz davom etishini sabrsizlik bilan kutib qolaman.

Mavzuga oid yangiliklar
Tojikiston poytaxtida O'zbekiston savdo uyi ochildi
Dushanbe shahrida «O'ztreyd» Savdo uyining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda «UZTRADE» Aktsiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati xabar bermoqda. Tojikiston tomondan Abduvali Qodirov rahbarlik qiluvchi « ...
30.11.2017 / 16:08
O‘zbekistonda shamol-energetika qurilmasi paydo bo‘ladi
“O‘zbekenergo”, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” va Siemens Gamesa kompaniyalari O‘zbekistonda shamol energetikasi bo‘yicha quvvati 100 megavatt bo‘lgan loyihani amalga oshirish bo&lsquo ...
20.11.2017 / 09:07
«Made in Uzbekistan» ko`rgazmasida 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Toshkentda bo`lib o`tgan «Made in Uzbekistan» mamlakat iqtisodiy yutuqlari ko`rgazmasida O`zbekiston kompaniyalari hamkorlik to`g`risida 10,5 mln dollarlik shartnomalarniimzoladi. Savdo ...
14.11.2017 / 13:03
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o'rinbosar tayinlandi
Aybek Altinbekovich Tajyetdinov Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog'iston axborot agentligi ma`lum qildi. ...
30.11.2017 / 16:07
«O'zbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “O'zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini 2018-2020 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Hujjat bilan Iqtisodiyot vazirligi ...
18.11.2017 / 17:40
Chexiyada O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish soddalashtiriladi
Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston, Mo'g'uliston va Vetnam fuqarolarini ustuvor ravishda ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirishga tayyor. ...
13.11.2017 / 16:30