O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Namuna ko‘rsatgan yosh oilalarga ipoteka qanday shartlar bilan beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 23.09.2017-yildagi 753-son “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi, deb yozadi Norma.

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida banklar quyidagi shartlarda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beradi:

Turar joyning turi va joylashuvi Ipoteka krediti muddati Dastlabki to‘lov Imtiyozli davr Foizlar
Shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish 20 yil

(imtiyozli davr bilan birga)

kvartira qiymatining 25% i 3 yil dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7% miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida
Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish 15 yil

(imtiyozli davr bilan birga)

15% – ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun;

25% – ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun

3 yil dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7% miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida

Bundan tashqari, qaror yangi tartib joriy etilishini ko‘zda tutadiki, unga muvofiq, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha quyidagi shakldagi to‘lovlar nazarda tutilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:

  • ipoteka kreditlarini olgan yosh oilalarning kreditni to‘lash muddati davomida keyinchalik uni qaytarish sharti bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish uchun dastlabki badallarni to‘lash;
  • ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foizlarning O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan MBning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lash.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar topshirilgan:

  • Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan kelishgan holda, uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar beriladigan, Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarni tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, yuqorida aytib o‘tilgan uy-joylarni taqsimlashning shaffofligini ta’minlaydigan elektron tizimni 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqish va joriy qilish.

Hujjatga 2018—2021-yillarda mamlakat hududlari va yillar bo‘yicha uy-joylar qurilishi parametrlari ilova qilingan (jami 2 632 ta uy-joy va 5 964 ta kvartira).

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 4.10.2017-yilda kuchga kirdi.  

 

Mavzuga oid yangiliklar
Xorazmning iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik salohiyati va ijtimoiy hayoti yangi bosqichga ko'tariladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida 14 oktabr kuni Xorazm viloyatiga bordi. Xorazm qishloq xo'jaligi ...
16.10.2017 / 09:43
O‘zbekistonda Ko‘priklarning ishi uchun mas’ul bo‘lganlar belgilandi
Prezident “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi,  ...
06.10.2017 / 11:16
Jahon banki guruhi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi
Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yong Kim O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi. Maktub matni O'zA saytida keltirilgan. Nyu-Yorkda bo'lib o ...
05.10.2017 / 09:43
O'zbekiston va Jahon Banki kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi vakillari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha Jahon Banki vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi. ...
16.10.2017 / 09:43
2018–2021 yillarda quriladigan «Yoshlar» uylari rejasi tasdiqlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan ...
05.10.2017 / 09:44
Auktsion savdolarda sotilgan avtoraqamlar orqali byudjyetga 2 mlrd. so'mdan oshiq mablag' tushdi
Joriy yilning 27-28 sentabr kunlarida «O'zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» AJda avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini sotish bo'yicha savdolar o'tkazildi. «O'zRTXB ...
03.10.2017 / 08:50