O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Mirziyoyev tashrif buyurgan Uchtepa tumanidagi maktab kapital ta`mirdan chiqarildi

oshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta`lim maktabining kapital ta`mirlashdan keyingi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Tadbirda Xalq ta`limi vazirligi rahbariyati, mahalliy hokimlik vakillari, o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Joriy yilning iyun oyida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida mazkur ta`lim muassasasiga tashrif buyurgan edi.

Prezident bu yerda amalga oshiriladigan qurilish-ta`mirlash ishlari va kelgusida ta`lim-tarbiya sifatini oshirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. O'tgan qisqa vaqt mobaynida ushbu maktab kapital rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etdi.

Kapital rekonstruksiya qilingan mazkur maktabning tantanali ochilish marosimida ana shular haqida so'z yuritildi.

O'zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vaziri Ulug'bek Inoyatov va boshqalar navqiron avlodning zamonaviy ta`lim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, xorijiy tillarni o'rganishi uchun barcha sharoitni yaratishga qaratilayotgan doimiy e`tibor yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

Bugungi kunda maktabda 1 ming 139 nafar o'quvchilarga 63 nafar oliy ma`lumotli o'qituvchi ta`lim berib kelishmoqda.

Butunlay yangicha ko'rinishda rekonstruksiya qilingan maktab binosida o'quvchilarning ta`lim olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Maktab kutubxonasi fondi zarur darslik va adabiyotlar bilan boyitildi. Sinfxonalar zamonaviy tarzda jihozlandi. Ayniqsa, kimyo, biologiya, fizika xonalarining laboratoriya jihozlari bilan ta`minlandi.

Shuningdek, maktab sport zali va sport maydonchasi zamon talablari darajasida ta`mirlanib, zarur sport anjomlari va inventarlari bilan to'liq jihozlandi.

O'quvchilarning sifatli va to'g'ri ovqatlanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida zamonaviy oshxona foydalanishga topshirildi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Termiz davlat universiteti o`qituvchisi Xitoyda doktorlik dissertasiyasini yoqladi
Termiz davlat universitetining Iqtisodiyot kafedrasi o`qituvchisi Shavkat Atamurodovning Xitoyning Xunan universitetida doktorlik dissertasiyasini himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) unvoniga ega bo`ldi. Olimning &ldquo ...
15.11.2018 / 09:04
Qoraqalpog`istonlik talaba qiz «Muhammad al-Xorazmiy» nomidagi stipendiya sovrindori bo`ldi
TATU Nukus filialining telekommunikasiya va AKT sohasidagi kasbiy ta`lim fakultetining Dasturiy injiniring yo`nalishi 4-bosqich talabasi Aygul Mamutova 2018-2019 o`quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo`ldi. ...
08.11.2018 / 11:09
Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi haqida ishchi guruhning so`nggi xulosasi
Ayni kunlarda jamoatchilik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o`rtasida lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini takomillashtirish, ayrim harflarga o`zgartirish kiritish borasidagi fikrlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. O ...
07.11.2018 / 09:31
Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatining bir yilligiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi
Dastlab anjuman doirasida press tur tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 324-maktabgacha ta`lim muassasasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi O`zA. Ushbu muassasa ko ...
12.11.2018 / 09:19
Maktablar avtobus bilan ta’minlanadimi? Masalaga XTV oydinlik kiritdi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ba’zi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019-yilning 1-yanvarigacha avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi, deb xabar bermoqda  ...
07.11.2018 / 09:36
Sherzod Shermatov: 13 mingga yaqin erkak o`qituvchilar maktablarimizga qaytishdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 noyabr kuni xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar bergan edik. ...
06.11.2018 / 13:54