O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Texnologiya
Elektron raqamli imzo endilikda «yagona oyna» markazlarida beriladi

Joriy yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy sayti. 

Qarorga muvofiq, elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va sertifikat berish faqat “yagona oyna” markazlarida amalga oshiriladi. Avvallari bu xizmat bevosita davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilar edi. 

Eslatib o‘tamiz, elektron raqamli imzo bu – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xato yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir. (O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonuni) 

Elektron raqamli imzo davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi. 

Elektron raqamli imzo kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi.

Mavzuga oid yangiliklar
www.mudofaa.uz sayti ishga tushdi
Toshkentda “Mudofaa vazirligi tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir doirasida vazirlikning rasmiy veb-sayti (www.mudofaa.uz)ning taqdimoti ham bo`lib o`tdi. ...
20.11.2017 / 09:11
Axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi «Silikon vodiysi»da muzokaralar o'tkazdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi hukumat topshirig'i asosida Kaliforniya shtatidagi ...
21.09.2017 / 13:13
O‘zbekistonda keng polosali statsionar internetning kirib borishi har 100 kishiga 9,1 abonentni tashkil etadi
O‘zbekistonda keng polosali statsionar internetning kirib borishi 2016-yil yakunlariga ko‘ra, har 100 kishiga 9,1 abonentni tashkil etadi, deya xabar bermoqda UzDaily BMTning raqamli taraqqiyot uchun keng polosali aloqa bo ...
18.09.2017 / 10:30
Axborot xavfsizligining yangi tendensiyalari o‘rganilmoqda
Toshkentda “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni yechish yo‘llari” mavzuida an’anaviy yillik seminar bo‘lib o‘tdi. O&lsquo ...
30.10.2017 / 18:19
Amerikada ATKR vazirligi va Cisco o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi hukumat topshirig'i asosida Kaliforniya shtatidagi ...
20.09.2017 / 13:39
Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida&rdquo ...
14.06.2017 / 15:11