O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Kultura” telekanalida “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Kultura” telekanali orqali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda ERIELL GROUP ko‘magida tayyorlangan “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Bir soatlik filmda jadal zamonaviylik ko‘pasrlik donishmandlik va an’analar bilan qay tarzda qo‘lma-qo‘l bo‘lib kelayotganligi haqida hikoya qilinadi. Hujjatli film mamlakatning qadimiy yodgorliklaridagi noyob bitiklar, boy tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan bo‘lib, shuningdek, unda o‘zbekistonlik olimlarning uzoq o‘tmishdan bizgacha yetib kelgan ana shu maktublarni o‘qish va o‘rganish bo‘yicha uzoq hamda mashaqqatli mehnati haqida ham so‘z yuritiladi. Ushbu filmning bosh maqsadi taraqqiyparvar va ma’rifiy islomning tinchlik, hamjihatlik, ilmu irfon dini sifatidagi mazmun-mohiyatini roosiiyalik teletomoshabinlarga yetkazishdan iborat. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 72 sesiyasida so‘zlagan nutqida ham bu masalaga alohida to‘xtalib, jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish eng muhim vazifa ekanini ta’kidlagan edi.

Har bir epigrafik bitikning mazmun va mohiyati hozirgi kunda ham dolzarb. Ko‘p asrlar oldin yaratilib, o‘qilgan bitiklar hamjihatlik va kelishuvga undaydi, fanatizm va nafartdan ogohlantiradi, O‘zbekiston tarixining eng yorqin sahifalari haqida hikoya qiladi.

“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi rahbari, film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov ushbu bitiklarni o‘qish va o‘rganishning ahamiyatini alohida qayd etib, quyidagilarga e’tibor qaratdi: “Agar ma’rifatli islom haqida bilishni istashsa, birinchi navbatda, ajdodlarimiz tomonidan O‘zbekistonning qadimiy me’morchilik yodgorliklarida qoldirilgan dono pand-nasihatlar, bitiklar bilan tanishishlari zarur”. Film ijodkorlari “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berishdi.

Ko‘pchilik qadimiy obidalardagi sirli bitiklarni shunchaki naqsh deb o‘ylashadi, aslida esa unday emas. Bitiklar haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Aytish mumkinki, yodgorliklarimiz sukut saqlashmoqda. Kitob-albomlar ustida ish olib borgan sharqshunos, xattot, tarxichi olimlar guruhi sabab O‘zbekiston me’morchilik obidalaridagi saqlanib qolgan bitiklarni o‘qishga musharraf bo‘lindi.

200 yil ilgari toshlardagi yozuvlarni o‘qishga mo‘ljallangan maxsus epigrafika fani yuzaga kelgandi. Tadqiqotning zamonaviy usullari, albatta, olimlar mehnatini ancha osonlashtiradi. Shunday bo‘lsa-da, filmda ta’kidlab o‘tilganidek, bu uzoq va mashaqqatli mehnat talab qiladi. O‘zbekiston hududida yozuv eramizdan oldingi IV asrda paydo bo‘lgan. Matnlar toshlarga o‘yib yozilgan. Aynan shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Olimlar nafaqat turli davrlarda, balki turli til va harflarda bitilgan bitiklarni o‘rganishlariga to‘g‘ri keldi. Masalan, X asrda “guldor kufiy” deb nomlangan arab harflari mashhur bo‘lgan. Uning har bir harfi gul bilan bezatilgan: eng kichkina nuqtasidan tortib, har bir shoxigacha ma’no-mazmun kasb etadi.

 “Turli xil mazmunga ega bitiklar o‘zlarida juda muhim tarixiy ma’lumotlarni mujassam etgan. Bu ma’lumotlar hech qaysi yozma manbalarda yo‘q. Ular faqatgina maishiy hayotning turli jihatlari, deylik, avliyolar yoki shayxlar haqida ma’lumotlarga ega ekanligi uchun emas, balki oddiy xalqning hayoti haqida muayyan tasavvurlari berishi bilan ham qadrlidir. Ularda biz yozma manbalarda uchratmaydigan nodir atamalar uchraydi”, – deydi akademik Edvard Rtveladze.

Filmni tomosha qilgan teletomoshabin hozirgacha dunyoda muqobili yo‘q noyob loyiha – “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi haqida to‘la bilib olishlari mumkin.

Tomoshabinlar dunyodagi qiyosi bo‘lmagan “O‘zbekiston madaniy merosi” nomli noyob loyiha haqida ham ma’lumotga ega bo‘ladilar. Loyihaning maqsadi taqdir taqozosi bilan dunyoning turli nuqtalariga borib qolgan O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari haqida axborotlarni to‘plab va udarni keng ommaga namoyish qilishdan iborat. Shuningdek, film ijodkorlari “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berishgan.

Mazkur film undan avvalroq dunyo yuzini ko‘rgan “O‘zbekiston qumliklar javohiri”, “Vaqt zarralari oralab” singari hujjatli filmlar singari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov prodyuserligida suratga olingan.

Hujjatli filmni suratga olish ishlari Xiva, Samarqand Buxoro singari tarixiy obidalari va durdona bitiklari bilan dovrug‘ taratgan shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Undan taniqli arxitektor, sharqshunos, tarixchi va xattotlarning, ulomalarning, mamlakatning turli hududlarida yashovchi aholi vakillarining intervyulari, nodir kino va fotohujjatlar, arxiv kadrlari, shaxsiy arxiv materiallari, muzeylarda saqlanayotgan osori atiqlar bilan tanishish mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43
“O‘zbekiston online” dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga tayyorlanmoqda
2017 yilning 11-17 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan K.Adenauer jamg&lsquo ...
18.08.2017 / 12:42
“Navqiron jurnalistlar - 2017”: Nodavlat telestansiyalar bolalar telestudiyalari ijodkorlari uchun interaktiv seminar
2017 yilning 7-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar - 2017” yozgi media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda O ...
18.08.2017 / 09:49
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13
“Navqiron jurnalistlar-2017”: O‘zEOAVMA Axborot markazi faoliyati yanada takomillashtiriladi
2017 yilning 10-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan UNESCOning O&lsquo ...
18.08.2017 / 10:06
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab ...
04.08.2017 / 18:21