O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi muhokama qilindi

Navoiyda “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar, istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy davlat konchilik instituti hamda qator oliy o‘quv yurtlari hamkorligida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Avstriya kabi 20 ga yaqin mamlakatdan taniqli olimlar, yetakchi kompaniya va ishlab chiqarish korxonalari mutasaddilari, mutaxassislar ishtirok etdi. 


5 (1).JPG


Davlatimiz rahbarining taklifi va tashabbusi bilan Navoiy davlat konchilik institutida fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish maqsadida mazkur xalqaro konferensiya o‘tkazilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining tashkil etilishi ilm-fan sohasi taraqqiyotiga qaratilayotgan e’tibor samarasidir. 

Mamlakatimizda aniqlangan yer osti resurslari zaxirasining asosiy qismi Zarafshon vohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, oltin, uran, volfram, fosfor kabi foydali qazilmalar Qizilqum kengliklari qa’ridan olinadi. Bunday tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ularni qayta ishlashda istiqbolli loyihalarni amaliyotga keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Ayni maqsadda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada jahonning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalari olimlarining vohada konchilik sanoati istiqboliga bag‘ishlangan 154 ilmiy maqolasi muhokama etildi. 

– Har bir davlatning milliy iqtisodiga ulkan hissa qo‘shadigan muayyan hududlar bo‘ladi, – deydi O‘zFA Navoiy bo‘limi raisi A.Mirzayev. – Qizilqum mintaqasi, aynan Zarafshon vohasida mamlakatimiz yer osti zaxirasining asosiy qismi – Mendeleyev jadvalidagi kimyoviy elementlarning aksariyati mavjud. Shu bois, hududda sanoatni jadal rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotda keng qo‘llash, mintaqa muammolarini hal etishda fan, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Konferensiyaga nufuzli olimlarning voha sanoati rivoji va istiqboli, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy izlanishlari saralab olindi. 


2 (2).JPG

Bugungi kunda Zarafshon vohasida dolzarb masalalardan biri sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga chiqindi gazlari chiqarilishidir. Mazkur muammo bo‘yicha Navoiy davlat konchilik instituti talabalari ham ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. 

Yo‘nalishlar bo‘yicha besh seksiyaga bo‘lingan holda davom etgan konferensiyada xorijlik olim va mutaxassislarning ilmiy ma’ruzalari tinglanib, institut magistrantlari tomonidan vohaga oid muammolar yechimiga bag‘ishlangan ishlanmalar taqdimoti o‘tkazildi. 

Xalqaro anjumanda konchilik sanoatida zamonaviy hamda samarali usullardan foydalanish, o‘zlashtirilgan loyihalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasidagi izlanishlar haqida fikr almashildi. Geotexnologiya va mineral xomashyoni qayta ishlash, nanotexnologiya va kimyoviy texnologiya, mashinasozlik, asbob-uskunalar ishlab chiqarish va avtomatlashtirish, muqobil energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlarida 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

O'zA

Mavzuga oid yangiliklar
Putin tashrifi doirasida "Rektorlar forumi" o'tkaziladi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O'zbekistonga tashrifi doirasida biznes sohasida 20 mlrd dollar atrofidagi bitim va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda hukumat vakili ma`lum qildi.  Ta`kidlanishicha ...
15.10.2018 / 14:49
Prezident akademiyasining Samarqanddagi filialida o`qish boshlandi
Samarqand davlat universitetida 8 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiali ish boshladi, deb xabar bermoqda O`zA. – Bu erda Samarqand ...
09.10.2018 / 09:38
Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori​ Toshkentga keldi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Xang Jung Suk boshchiligidagi delegasiya a`zolari bilan malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, o ...
03.10.2018 / 09:46
O`zbekistonda eng kam ish haqi bilan birga OTMlar to`lov-kontraktlari ham oshadi
O`zbekistonda 2018/2019-o`quv yilidan boshlab ilk marotaba OTMlarda to`lov-kontraktlar eng kam ish haqi miqdoriga bog`lab qo`yilgan. Bu esa eng kam ish haqi oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshishini anglatadi, deya ma`lum qiladi  ...
15.10.2018 / 14:46
OTMlarda kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirildi
O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy ta`lim muassasalarida kontraktni to`lash muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o ...
08.10.2018 / 08:53
“Bolalar kitobi” respublika festivali: Fotoreportaj
Fargʻonada “Sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlod – yurt kelajagi” shiori ostida “Bolalar kitobi” respublika anʼanaviy festivali boʻlib oʻtdi.          Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA
27.09.2018 / 09:19