O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
O‘zbekiston va Ukraina rassomlar nigohida

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlab "O‘zbekiston va Ukraina rassomlar nigohida" deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu.Savchenko va boshqalar o‘zbek va ukrain xalqlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik rivojlanib borayotganini qayd etdi. 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli va manfaatli aloqalar san’at sohasi, xususan, tasviriy san’at yo‘nalishida o‘z ifodasini topayotir. Muxlislar e’tiboriga havola etilgan mazkur ko‘rgazma ana shunday do‘stlik rishtalari samarasidir. 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari diqqatga sazovordir, – deydi “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi raisi Vladimir Boyko. – Davlatlar hamjihatligi va birdamligi xalqlarimiz osoyishtaligi va farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi hamkorlikning kundan-kunga mustahkamlanib borayotganiga yorqin misoldir. 


17.JPG

Ko‘rgazmada o‘zbek rassomlari va ukrain millatiga mansub yurtdoshlarimizning tasviriy san’at yo‘nalishidagi ijodidan namunalar namoyish etilayotir. E’tiborli jihati shundaki, ularda o‘zbek rassomlari Ukraina hayoti, tabiat manzaralarini mo‘yqalamga olsa, o‘zbekistonlik ukrain millati vakillari ona zaminimiz go‘zalligi, tarixiy va zamonaviy inshootlarini o‘ziga xos chizgilar va ranglar bilan jilolaganini ko‘ramiz. Shuningdek, taniqli ukrain yozuvchisi Taras Shevchenko chizgan grafik asarlar reproduksiyasi ham tasviriy san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Ko‘rgazmadan R.Rizomuhamedov, V.Oxunov, O.Xarchenko, H.Sodiqov A.Donets, K.Galitskaya, U.Rajabov, L.Ryabsev, N.Domansevich kabi ijodkorlarning yuzdan ortiq rangtasvir, grafika, amaliy-bezak san’ati namunalari joy olgan.

O'zA

Mavzuga oid yangiliklar
Yilning eng shov-shuvli loyihasi start oldi: “Art House”
Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Маpkaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov ...
13.11.2017 / 16:26
Toshkent islom universitetida fotoko‘rgazma
Tinchlik, xotirjamlik, farovon va baxtiyor hayot – eng oliy ne’mat. Toshkent islom universitetida o‘tkazilayotgan fotoko‘rgazma har bir tomoshabinni osoyishta va yorug‘ kunlarimiz, istiqlolimiz, ona O&lsquo ...
30.10.2017 / 14:29
Chorsu bozorida Ko'kaldosh-Xastimom sayyohlik marshruti barpo etiladi
Chorsu bozorida Ko'kaldosh-Hazrati imom (Xastimom) marshruti bo'yicha yangi sayyohlik ob`yekti quriladi. Bu haqida Toshkent bosh arxitektori, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i o ...
05.10.2017 / 09:46
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi faoliyati yanada takomillashtiriladi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori e ...
08.11.2017 / 16:37
“Sea sun” халқаро мусиқа танлови ғолиблари
Жорий йил сентябрь ойида Испанияда ўтказилган “Sea sun” халқаро мусиқа танловида наманганлик ёшлар ғолиб ва совриндорлар сафидан жой олди. Танловда дунёнинг 12 давлатидан 600 дан зиёд ёш истеъдод соҳиби қатнашди. Ҳакамлар ...
27.10.2017 / 13:57
Jayxun sohilida zamonaviy «Amudaryo» dam olish maskani ishga tushirildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar eng avvalo, xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilash, aholi farovonligini ta`minlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi ...
18.09.2017 / 10:21