O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
O‘zbekiston biznes uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha yetakchi 10 ta islohotchi davlat qatoriga kirdi

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, investitsiya iqlimini yaxshilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

O‘tgan qisqa fursat ichida mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 dan ortiq farmoni va 35 dan ortiq qarori qabul qilindi. Litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini tubdan soddalashtirish va ularning ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari kuchaytirildi. Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar “agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” degan mashhur tamoyilga tayanmoqda. 

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha so‘nggi yilda qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligini Jahon bankining “Biznesni yuritish” (“Doing Business”) xalqaro hisobоtining so‘nggi nashri ham tasdiqlamoqda. 

Joriy yilning 31-oktabrida e’lon qilingan “Biznesni yuritish 2018: ish o‘rinlari yaratish uchun islohotlar”ma’ruzasiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o‘rinni egallab, o‘tgan yildagi mavqeini biryo‘la 13 pog‘onaga yaxshiladi. Qolaversa, mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotchi davlatlarning birinchi o‘ntaligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakchiga aylanishiga imkon berdi. 

Jahon bankining “Biznesni yuritish 2018” hisobоtidagi 10 ta indikatorning 6 tasi bo‘yicha sezilarli o‘sishning qayd etilganligi ham ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lami va natijadorligidan darak bermoqda. 

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimining tubdan takomillashtirilgani tufayli O‘zbekiston korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha 11-o‘rinni band etdi. Bu yo‘nalish bo‘yicha mamlakatimiz AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Daniya va boshqa rivojlangan davlatlarni ortda qoldirdi. 

2017-yilning 1-aprelidan boshlab mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ishlay boshladi, unga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tish jarayoni avvalgi ikki ish kuni o‘rniga atigi 30 daqiqani band etmoqda. Tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni onlayn tarzda to‘ldiriladigan ariza asosida amalga oshirilmoqda. Bunda ariza beruvchiga mazkur tizim orqali ta’sis hujjatlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra namunaviy shakllar asosida rasmiylashtirish imkoni beriladi. 

Joriy yilning 9 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko‘p kichik biznes subyektlari tashkil etilganining o‘ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi. 

2016-yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibining joriy etilganligi bu jarayonda bevosita tadbirkorlik subyektlari ishtirokini talab etadigan ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va qisqartirish imkonini berdi. Avvallari elektr ta’minoti tizimiga ulanish uchun tadbirkorlik subyektlari 7-10 idoraga borishlari talab etilgan bo‘lsa, bugunga kelib buning uchun “yagona darcha” markazlariga birgina ariza bilan murojaat qilish kifoya. Qolgan qadamlar – texnik shartlar tayyorlashdan to tarmoqqa ulashgacha – barchasi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus xizmatlari tomonidan ariza beruvchilar ishtirokisiz amalga oshiriladi. 

Natijada elektr tarmoqlariga ulanish ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 56 pog‘ona yuqorilab, reytingda 27-o‘rinni egalladi hamda bu indikator bo‘yicha AQSH, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Latviya, Turkiya, Qozog‘iston, Kanada, Isroil kabi mamlakatlardan o‘tib ketdi. 

2016-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyati uchun tanlov asosida yer maydonlari ajratish tartibining amaliyotga joriy etilishi tufayli qurilishning barcha bosqichlarida – loyiha hujjatlarini tayyorlash bosqichidan to obyektlarni ishga tushirguncha bo‘lgan jarayonlarda ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari sezilarli darajada soddalashdi. Natijada yer uchastkalarini olish va qurilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan tartib-taomillar soni 23 tadan 17 tagacha qisqarib, bu qurilishga ruxsat olish ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakat reytingining 12 pog‘onaga yaxshilanishiga xizmat qildi. 

Soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini qisqartirish masalalari – mamlakatimiz rahbariyatining doimiy diqqat markazida. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish soliq tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlarining birinchisi sifatida belgilandi. 

Soliq hisobоtlarini topshirishning to‘liq elektron shakliga o‘tganligi hamda soliqlarni masofadan to‘lash amaliyotining kengayishi soliqqa tortish ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimiz reytingining sezilarli yaxshilanishiga sabab bo‘ldi (138-o‘rindan 78-o‘ringa). “Biznesni yuritish” jamoasi ekspertlari baholariga ko‘ra, O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlariga soliq yuki darajasi AQSH, Avstraliya, Germaniya, Shvetsiya, Turkiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlardagidan ancha pastdir. 

“Yagona darcha” markazlari orqali amalga oshiriladigan mulkni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston o‘z mavqeini mustahkamlab, jahon reytingida 73-pog‘onani band etdi. 

Shu o‘rinda, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatining samaradorligini alohida qayd etib o‘tish zarur. Ularning faoliyati ruxsatnomalar va litsenziyalarni rasmiylashtirishning oshkoraligi va tezkorligini ta’minlash, davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning elektron shakllarini joriy etish, qolaversa, byurokratik to‘siqlar va ariza beruvchilarning moliyaviy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini bermoqda. Ijobiy tajribani inobatga olgan holda 2017-yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 2 martaga – 16 tadan 34 tagacha oshirildi. 

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bilan birga, investorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish borasida ham faol ishlar olib borilmoqda. Korporativ boshqaruvning ochiqligi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati to‘g‘risidagi, jumladan, jamiyatning ijro organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyalari a’zolariga hisoblangan va to‘langan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishga bo‘lgan talablarning kuchaytirilganligi O‘zbekistonga “Minoritar investorlar himoyasi” indikatori bo‘yicha 62-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi. 

Yakunda O‘zbekiston korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish (11-o‘rin), elektr tarmoqlariga ulanish (27), shartnomalar ijrosini ta’minlash (39), kreditlash tizimi (55), minoritar investorlar himoyasi (62), mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (73) va soliqqa tortish (78) yo‘nalishlari bo‘yicha jahonning birinchi 100 mamlakati qatoridan joy oldi. 

“Biznesni yuritish 2018: ish o‘rinlari yaratish uchun islohotlar” ma’ruzasi Jahon banki guruhi yillik nashrining 15-soni hisoblanib, unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi tartibga solish normalari baholab boriladi. Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha jahon reytingini Yangi Zelandiya boshqarmoqda. Shuningdek, kuchli beshlikdan Singapur, Daniya, Koreya Respublikasi va Gonkong (Xitoy) joy olgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid yangiliklar
Tojikiston poytaxtida O'zbekiston savdo uyi ochildi
Dushanbe shahrida «O'ztreyd» Savdo uyining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda «UZTRADE» Aktsiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati xabar bermoqda. Tojikiston tomondan Abduvali Qodirov rahbarlik qiluvchi « ...
30.11.2017 / 16:08
O‘zbekistonda shamol-energetika qurilmasi paydo bo‘ladi
“O‘zbekenergo”, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” va Siemens Gamesa kompaniyalari O‘zbekistonda shamol energetikasi bo‘yicha quvvati 100 megavatt bo‘lgan loyihani amalga oshirish bo&lsquo ...
20.11.2017 / 09:07
«Made in Uzbekistan» ko`rgazmasida 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Toshkentda bo`lib o`tgan «Made in Uzbekistan» mamlakat iqtisodiy yutuqlari ko`rgazmasida O`zbekiston kompaniyalari hamkorlik to`g`risida 10,5 mln dollarlik shartnomalarniimzoladi. Savdo ...
14.11.2017 / 13:03
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o'rinbosar tayinlandi
Aybek Altinbekovich Tajyetdinov Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog'iston axborot agentligi ma`lum qildi. ...
30.11.2017 / 16:07
«O'zbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “O'zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini 2018-2020 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Hujjat bilan Iqtisodiyot vazirligi ...
18.11.2017 / 17:40
Chexiyada O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish soddalashtiriladi
Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston, Mo'g'uliston va Vetnam fuqarolarini ustuvor ravishda ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirishga tayyor. ...
13.11.2017 / 16:30