O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston mavzusi

Joriy yil 18 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjonmisolida" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.

Jumladan, «AZERTADJ» davlat axborot agentligi va «Bakinskiy rabochiy» gazetasi ushbu mavzuga murojaat qilar ekan, O‘zbekiston islom tsivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shganini qayd etgan. Mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari musulmon dunyosida yirik ilm-fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida ma’lum va mashhur ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Qayd etilganidek, tabarruk zaminimiz Sharqqa favqulodda qobiliyatli mutafakkir va din arboblarini hadya qilgan. Mamlakatda milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat bilan munosabat qaror topgan.

Yana bir alohida materialda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda bilan uchrashuvi qalamga olingan.

Shuni ham qayd etish joizki, ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollariga Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida katta e’tibor qaratgan. Ta’kidlanganidek, qadim-qadimdan xalqlarimiz mustahkam do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan. Ularning zamirida esa madaniyat, til, urf-odat va an’analar yaqinligi yotadi. Shu o‘rinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiya tomonlarning bag‘rikenglik va ko‘p madaniyatlilik singari tarixiy an’analarga, tashqi siyosatda esa - islom olami hamda boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga sodiq ekanliklarini namoyon qilgani alohida ta’kidlangan.

Bugungi kunda jahonda insoniyat tsivilizatsiyasi uchun xavf solib turgan qarama-qarshiliklarning mavjudligi nazarda tutilar ekan, Toshkent konferentsiyasining muhimligi ayon bo‘ladi. Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari turli mintaqalarda etnik va diniy zaminda kelib chiqayotgan nizolarga, terrorizm, ayirmachilik va boshqa xavf-xatarlarga insoniyat o‘zaro birdamlikda qarshi kurashishi lozimligini qayd etgan.

“Jahon”AA

Mavzuga oid yangiliklar
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
2017 yilning 14-17 noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi. ...
14.11.2017 / 13:06
Konstitusiyamiz va undagi normalar targ`ib qilindi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti majlislar zalida “Konstitusiyamiz adolat manbai va mezonidir” mavzusida o`quv-seminar tadbiri bo ...
14.11.2017 / 13:02
Abdulaziz Komilov Qirg'iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2017 yilning 8 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg'iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. Qirg ...
08.11.2017 / 16:37
Abdulaziz Komilov Madrid shahrida Ispaniya qirolligi savdo bo`yicha davlat kotibi bilan uchrashdi
O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Ispaniya Qirolligida bo`lib turibdi. 2017 yilning 13 noyabr kuni O ...
14.11.2017 / 13:03
O'zbekiston ichki ishlar vaziri Rossiyaga bordi
10 noyabrda Moskvada Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokoltsev va O'zbekiston ichki ishlar vaziri, general-mayor Po'lat Bobojonov amaliy uchrashuv o'tkazishdi.   ...
11.11.2017 / 13:52
Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari O'zbekistonga kelmoqda
2017 yilning 8-9 noyabr kunlari Qirg'iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qozog'iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev ...
08.11.2017 / 16:33