O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisiga doir

Toshkent shahrida 2017-yil 3-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. 

Armaniston Bosh vaziri Karen Karapetyan, Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjon Sagintayev, Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isoqov, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev majlisdagi ishtirokini tasdiqlagan. 

Ushbu uchrashuvda Ozarbayjon va Turkmanistondan Bosh vazir o‘rinbosarlari, Moldovadan mamlakatning MDH ustavi doirasidagi va boshqa organlari huzuridagi muxtor vakili qatnashadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qilishi kutilmoqda. 

MDH Hukumat rahbarlari kengashining Toshkentda ilk bor o‘tayotgan majlisi kun tartibiga 18 ta hujjat loyihalari kiritilgan. 

Tor doiradagi yig‘ilishda MDH davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan erkin fikr almashish, shuningdek, Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish sanasi yuzasidan kelishib olish ko‘zda tutilgan. 

Delegatsiya a’zolari ishtirokidagi kengaytirilgan majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, jumladan, erkin savdo zonasi doirasidagi hamkorlik, neft va gaz mashinasozligi, melioratsiya va tovarlarning bojxona narxlari masalalari muhokama qilinadi. 

An’anaga ko‘ra majlis doirasida Hamdo‘stlik davlatlari delegatsiyalarining ikki tomonlama qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. 

MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlarida rasmiy delegatsiya a’zolari va jurnalistlardan iborat 200 dan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.

O'zA

Mavzuga oid yangiliklar
Abdulla Aripov Farg'onada Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashuv o'tkazadi
O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Farg'ona shahrida 16 iyul kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi. Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari ...
16.07.2018 / 08:33
Erdo'g'anning inauguratsiya marosimida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig'matilla Yo'ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida Rajab Toyyib Erdo'g'anning Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi ...
08.07.2018 / 13:15
Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi
Qozog`iston poytaxtidagi Mustaqillik saroyida 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog ...
08.07.2018 / 13:13
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulgani milliy bayram – Xalq revolyutsiyasi kuni bilan tabrikladi.
11.07.2018 / 10:57
Vazirlar Mahkamasida 3ta departament tugatildi, 2 oy ichida tarkibiy bo'linmalar xodimlari attestatsiyadan o'tkaziladi
Prezidentning «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda  ...
08.07.2018 / 13:14
Chilonzor tumani hokimiyati yangi binoga ko`chib o`tdi
6 iyul kuni Chilonzor tuman hokimiyatining yangi binosi ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi. Yangi bino 3 qavatdan iborat bo`lib, 1- va 2-qavatlariga Chilonzor tuman “Nuroniy” jamg ...
08.07.2018 / 13:12