O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev sport sohasi bo'yicha yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Unda O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri, prezidentning davlat maslahatchisi, tegishli vazirlik va qo'mitalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Yig'ilishda sport sohasi uchun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi. 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, o'quv jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy izlanishlar uchun maxsus laboratoriyalar tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Jismoniy tarbiya institutini zamonaviy sport ta`lim muassasasiga aylantirish, o'quv dasturlarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etish bo'yicha 2018-2020 yillarga mo'ljallangan dastur tuzish zarurligi ta`kidlandi. 

Prezidentning shu yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo'ldi. Ushbu qaror bilan O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so'mdan ziyod mablag' sarflanishi, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta`mirlash, jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan. 

Dastur doirasida joriy yilda 153 ta bolalar maydonchasi ta`mirlangan, 232 ta zamonaviy maydoncha, Nukus shahrida sportning olimpiya va milliy turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi foydalanishga topshirilgan. 

Yig'ilishda bu borada yo'l qo'yilgan kamchiliklar ham ko'rsatib o'tildi. Xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 39 ta sport inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari jadvaldan ortda qolgani, suzish havzalarini zamonaviy anjomlar bilan jihozlash kechiktirilgani tanqid qilindi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish, yil oxirigacha qurilish ishlarini yakunlash bo'yicha topshiriqlar berildi. Sport majmualaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yoshlarni ularga yanada keng jalb etish zarurligi qayd etildi. 

Sport maktablari, respublika oliy sport mahorati maktablari hamda sport federatsiyalarining iqtidorli yoshlarni kashf etish borasidagi hamkorligi, seleksiya ishlari talab darajasida yo'lga qo'yilmagani tanqid qilindi. Bu borada aniq shaffof mexanizm yaratish va barcha hududlarni qamrab olish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. 

Mamlakat sportchilarini nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan, bo'lg'usi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi. 

Yig'ilishda xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilayotgan medallar faqat boks, dzyudo, og'ir atletika va sport kurashlari bilan chegaralanib qolayotgani tanqid ostiga olindi. Gimnastika, trampolin, yengil atletika, taekvondo, baydarka va kanoeda eshkak eshish, velosport kabi boshqa salohiyatli sport turlari bo'yicha ham ko'proq yutuqlarga erishish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi. Xalqaro sport federatsiyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta`kidlandi.

Yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi faoliyatining quyi bo'g'inlari ishini kuchaytirish, aholi barcha qatlamlarini sport bilan shug'ullanishga jalb qilish, sohada xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalarga ham e`tibor qaratildi. 

Tegishli qo'mita va mutasaddilar oldidagi vazifalar belgilab berildi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi o‘ta jiddiy. U meksikalik
Riodagi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 14 iyul (O‘zbekiston vaqti bilan 15 iyul tongida) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi “Xalq so ...
12.07.2018 / 18:14
O`zbekiston tarixida og`ir atletika bo`yicha jahon chempioni bo`lgan ilk ayol sportchi
Poytaxtimizda og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Qizlar o`rtasida -63kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kumushxon Fayzullaeva bir yo`la uchta medalga ega chiqdi ...
11.07.2018 / 10:46
Armen Bagdasarov O`zbekiston dzyudo federasiyasida vaqtincha rais vazifasini bajaradi
Poytaxtimizdagi Osiyo dzyudo markazida O`zbekiston dzyudo federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o`tkazildi. Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ...
29.06.2018 / 11:12
O‘zbekistonlik yosh gandbolchilar jahon kubogi g‘olibiga aylandi
Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia” jahon kubogi musobaqasi yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi. Turli yosh toifalari o‘rtasida o&lsquo ...
12.07.2018 / 18:13
O`zbekiston o`smirlari - CAFA U16 chempionati g`olibi!
Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U16 chempionati o`z nihoyasiga etdi. Musobaqaning so`nggi turida O`zbekiston va Tojikiston o`smirlari bellashdi. O`yinda ustunlikka ega bo`lgan o`zbekistonliklar 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi. ...
10.07.2018 / 16:15
Poytaxtda OAV xodimlari o`rtasida velomarafon o`tkazildi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan poytaxtimizda velomarafon o`tkazildi. Bu haqda O`zAm xabar berdi. O`zbekiston Velosport federasiyasi tashabbusi bilan o ...
26.06.2018 / 09:19