O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston, Qozog'iston, Belarus va Turkmaniston hukumatlari rahbarlarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Qozog'iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o'rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvda konstruktiv va samarali hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani haqida so'z yuritildi.

Davlatimiz rahbari O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi yaqin do'stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini alohida ta`kidladi.

Qozog'iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashuvda oliy darajadagi o'zaro tashriflar chog'ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni izchil amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Savdo, investitsiya, energetika, transport va boshqa ustuvor yo'nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta`kidlandi. Ikki davlat hududlari o'rtasidagi va ishbilarmon doiralari darajasidagi faol aloqalarni davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan uchrashuvda O'zbekiston–Belarus munosabatlari rivojidagi ijobiy sur`at mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qisqa vaqt mobaynida mashinasozlik sohasi, agrosanoat majmuasi, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo'shma loyihalar amalga oshirildi.

Tomonlar hamkorlikning mavjud salmoqli salohiyatini, avvalambor, iqtisodiyotning real sektoridagi kooperatsiya imkoniyatlarini to'la ishga solishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o'rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan uchrashuv chog'ida Turkmanistonga oliy darajadagi tashriflar va davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari O'zbekiston–Turkmaniston munosabatlarini strategik sheriklik bosqichiga ko'targani ta`kidlandi.

O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik, sanoat va qishloq xo'jaligidagi kooperatsiyani rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Tojikiston, Qozog'iston, Belarus va Turkmaniston hukumatlari rahbarlari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o'z davlatlari rahbarlarining ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni rasmiy kutob olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo&rdquo ...
17.08.2018 / 11:38
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O&lsquo ...
06.08.2018 / 11:00
Shavkat Mirziyoyev Marokash Qirolini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami – Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
31.07.2018 / 09:53
Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. ...
17.08.2018 / 10:12
Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”
Hademay AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen  ...
01.08.2018 / 09:24
Tashqi ishlar vaziri Oq uyda AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashington shahrida AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo&lsquo ...
31.07.2018 / 09:52