4-noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi elektr energetika kengashining navbatdagi 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tegishli vazirliklar, MDHga a’zo davlatlarning energetik kompaniyalari rahbarlari energiya tizimlarida 2017—2018-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, huquqiy-texnik zaxiraning uyg‘unlashuvi va amaliy yangilanish jihatlari, atrof-muhitni asrash va ko‘p tomonlama munosabatlarning kun tartibidagi boshqa muhim masalalarini muhokama qiladi.