O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Ohangaronda yangi sement zavodi quriladi

Toshkent viloyatida “Ohangaronsement” AJ bazasida energiya tejovchi “quruq” yo‘l bilan sement ishlab chiqaruvchi zavod quriladi. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 3 million tonnani tashkil etadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Loyiha realizatsiyasi tartibi haqidagi kelishuv O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari ishtirokida 2-noyabr kuni “O‘zqurilishmateriallari” boshqaruvi raisi Botir Zaripov va “Yevrotsement grup” direktorlar kengashi raisi Filaret Galchev tomonidan imzolandi.

Yangi zavod mintaqada shu turdagi eng yirik korxona bo‘lib, Yevropa ishlab chiqaruvchilarining ilg‘or texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

Tender yakunlariga ko‘ra pudratchi sifatida Beijing Triumph International Engineering Co. (XXR, CNBM tarkibiga kiradi) tanlab olindi. U loyihalashtirish, qurilish, asbob-uskuna yetkazib berish, tayyorlash va montaj qilish, personalni o‘qitish ishlarini amalga oshiradi. Xitoy kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma qiymati 160 million dollardan oshadi. Loyiha 2020-yilgacha amalga oshiriladi.

“Ohangaronsement”ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 million tonna sementni tashkil etadi. Korxona tarkibiga Toshkentning Sergeli tumanidagi qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati kiradi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`qituvchilarni qo`shimcha rag`batlashtirish yo`lga qo`yiladi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari mehnatini qo`shimcha rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi umumiymuhokamaga qo`yildi. ...
16.10.2018 / 10:11
Yig`ilish​da yil yakunlari bo`yicha kutilayotgan natijalar muhokama​ qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo ...
11.10.2018 / 20:41
Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda «Turon24» xabar berdi. «Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu prezident Mirziyoyev 8 ...
08.10.2018 / 09:48
O`zbekistonda dollar yana ko`tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 16 oktyabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 26,96 so`mga ko`tarilib, 8208,04 so`m tashkil qildi. Evro kursi ham 63,08 so`mga oshib, 9 490 ...
16.10.2018 / 10:11
Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi bo`lib o`tadi
Xalqaro miqyosda e`tiborga sazovor biznes tadbir – sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi birinchi bor O`zbekistonda o`tkaziladi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan O ...
11.10.2018 / 20:39
Sirdaryoda yuqori hosildorlikka erishgan fermerga "Lasetti" avtomobili topshirildi
Boyovut tumanidagi “Boyovutlik Humoyun” fermer xo`jaligida birinchi terimdayoq 29,5 sentnerdan yuqori navli paxta hosili olindi. Xo`jalik rahbari Abdulla Begmatovning telefon orqali ma`lum qilishicha ...
05.10.2018 / 10:30