O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatli dorilarni tender va kvotalarsiz keltirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatli dorilarni nafaqat mahalliy, balki xorijiy kompaniyalar ham yetkazib berishi mumkin, import miqdori cheklanmaydi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Norma.

 

Oldin belgilangan narxlar bo‘yicha sotiladigan ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiy mahsulotlar importi Tashqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari o‘rtasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadigan kvotalar chegarasida o‘tkaziladigan tender bo‘yicha amalga oshirilardi.

 

Endi Tashqi savdo vazirligi tender o‘rniga har chorakda faqat jahon narxlari kon’yunkturasi tahlilini o‘tkazadi va maxsus respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiyot buyumlarining oxirgi yo‘l qo‘yiladigan import shartnoma qiymati bo‘yicha takliflar kiritadi.

 

Takliflarni tashqi savdo, iqtisodiyot, moliya, sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Markaziy bank va Davlat raqobat qo‘mitasining vakillaridan iborat ishchi guruh ko‘rib chiqadi. Ishchi guruh hisob-kitobi asosida Respublika komissiyasi import shartnomalari bo‘yicha oxirgi yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarni belgilaydi. 

 

Bundan yuqori bo‘lgan narxlarda tovarni yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari tuzish ta’qiqlanadi.

 

Mazkur toifadagi tovarlarni faqat mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari tomonidan import qilinishi to‘g‘risidagi talablar hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kvotalash mumkin emas.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Samarqandda «elektron poliklinika» dasturi ish boshladi
Samarqand shahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron ro'yxatga olish tizimi ya`ni «Elektron poliklinika» dasturi o'rnatilib, ishga tushirildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat SSB matbuot xizmati. ...
21.09.2017 / 13:14
Germaniya bo‘ylab o‘quv-tanishuv safari
Yaqinda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘qituvchi va talabalaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo‘ldi. Mazkur o‘quv-tanishuv safari Germaniya akademik almashuvlar xizmatining (DAAD ...
01.07.2017 / 11:21
2017 yilning eng faol hamshirasi aniqlandi
“Hamshira — 2017” ko`rik-tanlovining yakuniy final bosqichi Toshkent shahrida o`tkazildi. Bu galgi tanlov tashkiliy va mazmun jihatdan har yilgidanda o`zgacha tartibda o`tdi, deya xabar berdi SSV axborot xizmati. ...
17.06.2017 / 09:26
Sog'liqni saqlash sohasi xodimlari birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning  “O'zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san`at va me`morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to'g'risida&rdquo ...
25.08.2017 / 08:58
2017–2021-yillarda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
20-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017–2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi ...
21.06.2017 / 16:38
2016-yilda O‘zbekistonda 120 ming kishi qon donori bo‘ldi
Respublika qon quyish markazida 14-iyun — Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Respublika qon quyish markazi direktori R. Yo‘ldoshev ...
15.06.2017 / 08:57