O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Yosh siyosatchi-2017 ko'rik tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama yetuk, salohiyatli etib voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor samarasi o'laroq ular demokratik jarayonlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda o'z hissalarini qo'shishga intilmoqdalar. Xususan, O'zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan 2008-yildan buyon o'tkazib kelinayotgan “Yosh siyosatchi” ko'rik tanlovi ham yosh iqtidor egalarini jamiyatdagi islohotlarda faol ishtirok etishiga zamin yaratyapti. Quvonarlisi, 2016-yilda bu tanlovda 19 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgan bo'lsa, joriy yilda ularning soni  23 mingga yetdi.

“Yosh siyosatchi-2017” ko'rik tanlovining yakuniy respublika bosqichida Qoraqalpog'iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida g'oliblikni qo'lga kiritgan iste'dodli yoshlar ishtirok etishdi. Tanlov 3 ta shart asosida olib borildi. Unda 15 nafar ishtirokchi loyiha taqdimoti, bilimdon siyosatchi va notiqlik san'ati bo'yicha o'zaro bellashishdi.

Hal qiluvchi so'nggi shartda ishtirokchilar konvertga solingan ijtimoiy-siyosiy sohaga oid savollarga belgilangan reglament bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini ishga solgan holda javob berishdi.  Tanlov qatnashchilari uchun eng hayajonli on bu –hakamlar hay'ati tomonidan  e'lon qilingan yakuniy ballar bo'ldi.

Tanlov yakunlariga ko'ra 1-o'rin Buxoro viloyati vakiliga nasib etdi.  Tanlovda faol ishtirok etgan yoshlar esa turli xil nominatsiyalarda  esdalik sovg'a va maxsus diplomlar bilan taqdirlanishdi. Bu kabi tanlovlarning o'tkazilishi yoshlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi va o'z qobiliyatlarini namoyish etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tashabusskor yoshlar  ertamiz egalaridir.

Mavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekistonda kibersport festivali bo`lib o`tadi
O`zbekistonda 20 oktyabrdan 4 noyabrga qadar kibersport bo`yicha “World Electronic Sports Games” (WESG) xalqaro turniri doirasida malakali matchlar o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.WESG saralash bosqichlari jahon bo`ylab o ...
16.10.2018 / 10:09
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12
Toshkentda "loy" yomg`iri yog`di (foto)
Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi. Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi. Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog ...
16.10.2018 / 10:08